Udk: 138. 37 Elektron ta’lim texnologiyalari



Yüklə 29,94 Kb.
səhifə3/7
tarix11.10.2023
ölçüsü29,94 Kb.
#126745
1   2   3   4   5   6   7
I.Y.Madatov maqola ....

Elektron ta’lim modeli
Internet paydo bo’lishi bilan sirtqi ta’lim elektron ko’rinishga o’tdi. Bunday tizimda talaba to’liq Internet orqali o’qiydi. Talaba deyarli universitetga kelmaydi, faqat yakunida baho olish uchun keladi. Bunday o’qish modeli katta yoshli, uzoq masofadan kelgan talabalar uchun juda qulay. Elektron ta’limning an’anaviy ta’limdan farqli jihatlari quyidagilar:

  • Talabaga kamroq tushuntiriladi, talaba ko’proq mustaqil shug’ullanadi;

  • O’qituvchi va boshqa talabalar bilan muloqot cheklanmagan bo’ladi.

  • Asosiy muloqot vositalari – chat, forum va elektron pochta. Shuningdek, “virtual electron sinf” ham mavjud.

  • O’qituvchi ma’ruza o’qishi, virtual seminarlar o’tkazishi mumkin.

  • Guruhli mashg’ulotlarga jiddiy e’tibor qaratiladi, chunki talaba o’zini kompyuterga mixlangandek his qilmasligi va hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini egallashi kerak.

  • Fan materiallari interfaol shaklda: matn, audio, video shaklida beriladi, bu materiallar turli rasmlar, grafiklar, sxemalar, animatsiyalar, simulyatsiyalar, fotolar, manbalarga havolalar bilan to’ldiriladi;

  • Talabalarning bilimlari test topshirish, guruhli loyihalar ishlash, esse yozish, ma’ruza va referatlar yozish, nazorat ishlarini bajarish kabi shakllarda nazorat qilinadi;

  • Ma’lumot almashish tizimi – fayl jo’natish va qabul qilish shaklida bo’ladi. O’qituvchiga jo’natilgan ma’lumotlar yaxshilab tekshirilgandan so’ng, shaxsiy mulohazalar, tavsiyalar yoki baho shaklida qaytariladi.

Elektron o’quv modeli ancha moslashuvchan hisoblanadi. Transport, vaqt, joy muammolari deyarli yo’q. O’quv materiali o’ta aniq tuzilgan bo’ladi (chunki talaba mustaqil ravishda o’zi shug’ullanadi). Agar topshiriqlar belgilangan muddatgacha topshirilmasa talaba o’qishdan haydaladi. O’zini o’zi nazorat qilish vao’z ishini tashkil qilish ko’nikmalari juda muhim. Asosan katta yoshlilar uchun tavsiya etiladi.

Yüklə 29,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə