Udk: 138. 37 Elektron ta’lim texnologiyalari


Aralash ta’lim modeli (Blended learning)



Yüklə 29,94 Kb.
səhifə4/7
tarix11.10.2023
ölçüsü29,94 Kb.
#126745
1   2   3   4   5   6   7
I.Y.Madatov maqola ....

Aralash ta’lim modeli (Blended learning)
Turli xildagi o’quv modellarni (Model (lot. modulus — o’lchov, namuna) — pedagogikada, asl nusxa-tizim ba’zi muhim xossalarini aks ettiruvchi obyektlar yoki belgilar tizimi; u hodisaning umumlashgan ifodasi, amaliy tajribaning abstrakt natijasi hisoblanadi, eksperimentning natijasi bo’lmaydi. Psixologiya va pedagogikada qo’zg’atuvchi kuch va his etish intensivligi o’rtasidagi bog’lilikni tasvirlash uchun logorifmik funksiya modeli, «unutish egri chizig’i» modeli va «mashqlar (yoki takrorlashlar) soni bilan bilim va malaka- larning o’zlashtirilish hajmi (yoki miqsori) o’rtasidagi miqsoriy bog’lilik» modeli ma’lum. Matrisa va graflar nazariyasi vosita hisoblanadi, bular yordamida o’quv materiali tuzilishini tahlil qilish, uning turli unsurlari orasidagi o’zaro aloqalarni tasavvur etish mumkin[1]. Ta’limning ayrim tomonlarini matematik modellashtirishga, shuningdek, ta’lim mazmunini ijtimoiy buyurtmaning ko’pbosqichli pedagogik modeli sifatida tasavvur etishga harakat qilinmoqda.) va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash o’qituvchilar va o’quv jarayonini rejalashtiruvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi [4].Talaba yosh bo’lsa demak, uni oddiy usulda o’qitish kerak, degan fikr noto’g’ri, albatta. Avstraliyalik ish beruvchilar on-line va blended-learning usulida ta’lim olgan talabalarni ko’proq ishga olishar ekan. Chunki ular, nafaqat kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilishar ekan, balki ularda mustaqil shug’ullanish va hamkorlikda ishlash ko’nikmalari kuchli rivojlangan bo’lar ekan. Shu sababli, ba’zi AQSh va Evropa davlatlarida maktab va kollejlarni blended-learning tizimiga o’tkazishga qiziqish tobora ortmoqda. Uning o’ziga xosliklari quyidagicha.
Ma’ruza mashg’ulotlari. Mashg’ulotlar uchun materiallar to’liq bo’ladi, slaydlar ham bo’ladi, chunki talabaning mustaqil shug’ullanishi uchun yetarli darajada ta’minlanishi zarur.
Seminar mashg’ulotlari (face-to-face sessions). Ular ma’ruzalarga qo’shib olib borilishi mumkin. Seminar mashg’ulotlari eng qiziqarli, munozalarlarga boy mavzularni o’zlashtirishda va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishda qo’llaniladi.
Fanning o’quv materiallari (darslik va uslubiy qo’llanmalar). Ular ham qog’oz, ham electron shaklda mavjud bo’ladi. Elektron shakli qog’oz shakliga qaraganda mazmuni ancha boy, qiziqarli va o’zlashtirishga qulay bo’ladi.
On-line muloqot. Bu yangi turdagi muloqot hisoblanadi. Ular odatda chat, forum, e-mail shaklida bo’ladi. Ular orqali talabalar o’zaro muloqot qilishadi va hamkorlikda ishlashadi. O’qituvchiga hohlagan vaqtda savol berish va qisqa muddatlarda javob olish imkoni bo’ladi. Bilim olishda boshqa talabalar bilan maslahatlashib ishlash juda katta yutuqlarga olib keladi.

Yüklə 29,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə