Udk: 138. 37 Elektron ta’lim texnologiyalari



Yüklə 29,94 Kb.
səhifə6/7
tarix11.10.2023
ölçüsü29,94 Kb.
#126745
1   2   3   4   5   6   7
I.Y.Madatov maqola ....

fill-in-blank , ob’ektlarni saralash, o’yin va h.k. usullarida foydalaniladi.
Blended learning usulida turli texnologiyalar va vositalar axborotning o’quv materialiga kiritilishiga yordam beradi. Internet esa har bir elementning o’z o’rnida ishlatilishiga imkon beradi. Talaba ma’lumotlarni hohlasa kitobdan, hohlasa Internetdan o’zi uchun qulay vaqtda, joyda o’qishi mumkin. Video-ma’ruzalar passiv, o’qish esa – faol jarayon hisoblanadi. Asosiy matnga qo’shimcha qilib turli maqolalar, hisobotlar ilova qilinishi mumkin. Ba’zan talabalardan axborotni o’zlari izlashlari talab etiladi. Agar ular mos axborotni topa olishmasa, o’qituvchining o’zi axborotlarni web-saytiga joylab qo’yadi. Matnlar HTML, DOC, AVI, MP3 formatlarida berilishi ham mumkin.
Rasmlardan matnlarni qulay va mantiqli bo’lish uchun foydalaniladi. Biroq, rasmlar qo’llanilganda, axborotni yuklash muammosi paydo bo’ladi. Shu sababli, ular Internetga yuklash qulay bo’lgan formatlarda chop etiladi (JPEG, GIF va h.k.)
Aralash ta’limda talabalarni qiziqtirishi uchun ma’lumotlar aniq strukturaga ega bo’ladi. Har bir mashg’ulot 3 qismdan – dastlabki, hozirgi va keying bosqichlar iborat bo’ladi.
“Hozirgi” bosqichi bevosita muloqot qilinadi (seminar, forum va h.k.). Bu jarayonda o’qituvchi talabalarning berilgan mavzu bo’yicha savollarini va izohlarini kuzatib boradi.
Bu bosqichda o’qituvchi hohlasa ma’ruza shaklida ma’lumotlarni bayon qilib berishi ham mumkin.
Talaba “hozirgi” bosqichga tayyor bo’lishi uchun u oldingi darsning materialini to’liq o’zlashtirgan bo’lishi mumkin. Dars yakunida materiallar testlar, savollar va amaliy masalalar yordamida mustahkamlanadi.
Dastlabki” bosqichda talaba o’qituvchi yoki boshqa talabalar bilan birgalikda muloqotga, darsga tayyorlanadi. Buning uchun o’qituvchi albatta biror topshiriq berishi zarur. Shunday qilinsa dars vaqtida ortiqcha takrorlanishlar bo’lmaydi va dars samarali bo’ladi. Shunda talabalar dars vaqtida faqat ma’lumot olibgina qolmasdan, murakkab masalalarni yaxshi tushunib oladi.

Yüklə 29,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə