Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi biologiya fanidan amaliy



Yüklə 327,6 Kb.
səhifə42/49
tarix22.03.2024
ölçüsü327,6 Kb.
#180287
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy-fayllar.org

Biologiyadan AKT resurslari
Virtual laboratoriya bo‘yicha dasturiy ta’minot – bu o‘quvchilar tajriba 
o‘tkazishlari uchun kerak bo‘lgan kimyoviy moddalar va ularning miqdori, idish va
boshqa jihozlarni tanlash imkonini beradigan dasturdir. 
Bunday dasturlarni yuqori darajadagi moslashuvchanlik va nazorat darajasi
tavsiflaydi. Virtual laboratoriya yana bir qancha afzalliklarga ega, ular yordamida 



76 
o‘qituvchi va o‘quvchilar qo‘yilgan maqsadlar, jihozlar, kimyoviy moddalar va 

reaksiyalar hamda sharoitlar mavjudligini hisobga olgan holda eng samarali


eksperimentlarni tanlashlari mumkin. Bunday rejalashtirish mustaqil o‘rganish 
orqali potensial qobiliyatlarni rivojlantiradi. Aslida virtual eksperimetlar – bu
amalda o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlariga qo‘shimcha mashg‘ulotlardir. 


Mashg`ulotlarni virtual laboratoriya dasturlari yordamida tashkil etish

1. Virtual o‘quv laboratoriya haqida tushuncha.
Ta’limni 
axborotlashtirishda,
bo‘lajak 
kadrlarning
axborot

va
kommunikasion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari bilan bir qatorda, aniq fan 


sohasida kadrlar tayyorlashni axborot va kommunikasion texnologiyalarni
kommunikasion texnologiyalari vositalari yordamida jadallashtirish lozim. 
Keyingi vaqtlarda, ta’limda axborot va kommunikasion texnologiyalaridan
foydalanish sohasida yangi atama “Virtual o‘quv laboratoriya” paydo bo‘ldi. 
Virtual o‘quv laboratoriya ochiq va masofaviy o‘qitish g‘oyasiga muvofiq bo‘lib,
ta’lim jarayonidagi moddiy-texnik ta’minot borasidagi muammolarni oz bo‘lsada 
dolzarbligini kamaytiradi.
Virtual o‘quv laboratoriya bo‘yicha ilmiy-metodik ishlarning mavjudlari 
ham asosan virtual asbob va ularni laboratoriya mashg‘ulotlarida qo‘llashning
yoritilishi bilan cheklangan, biroq, bizning fikrimizcha, virtual o‘quv 
laboratoriyasida faqatgina virtual asboblar emas, balki virtual o‘quv xonalari
texnik ob’ektlar loyihasi, matematik va imitasion modellash tizimlari, amaliy 
dasturlar o‘quv va ishlab chiqarish paketlarini o‘z ichiga oladi. Virtual o‘quv
laboratoriyaning o‘zi esa faqatgina laboratoriya mashg‘ulotlarida emas, balki 
talabalarning kurs va diplom loyihalarida, o‘quv-tadqiqot ishlarida qo‘llanilishi
mumkin. “Virtual laboratoriya” tushunchasining mohiyati tarkibiy qism bo‘lgan 
virtual asbob yordamida (oddiy elektron asbob bilan ishlagandek) kompyuterda
ishlash imkoniyatini beradigan, oddiy kompyuterga qo‘shimcha qilingan apparatli 
va dasturli vositalar to‘plamini ifodalashdan iboratdir. Virtual asbob va virtual
laboratoriyaning muhim qismi – foydalanuvchining samarali grafik interfeysi 
(ya’ni, foydalanuvchining kompyuter bilan o‘zaro aloqalarining qulay, interfaol




77 
rejimini ta’minlovchi), odatiy predmetli sohada ko‘rgazmali grafik namunalar 

ko‘rinishida grafik menyu tizimi bilan dasturli asbob hisoblanadi.


O‘quv virtual laboratoriya – bu yakunlangan dasturli mahsulot bo‘lib, 
uning o‘ziga xos xususiyati avtomatlashtirilgan hamda loyihalashtirish
samaradorligini 
oshirishga
yo‘naltirilgan 
katta
dasturli 

tizimlarni


loyihalashtirishning zamonaviy konsepsiyalaridan foydalanish hisoblanadi. 
Metodologik jihatdan virtual laboratoriyalarni sun’iy intellekt tizimlarida qabul
qilingan jarayon, deklarativ va gibrid tizimlari turlariga asoslangan bilim berish, 
tasavvur modellaridan kelib chiqib, guruhlash mumkin.
Virtual o‘quv laboratoriyadagi amaliy jarayon asosini amaliy dasturlar 
o‘quv paketi yoki ularning sanoat analoglari tashkil etadi.


Yüklə 327,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə