Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi biologiya fanidan amaliy


 Maxsus didaktik interfeys, ssenariyli sxemalar



Yüklə 327,6 Kb.
səhifə43/49
tarix22.03.2024
ölçüsü327,6 Kb.
#180287
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy-fayllar.org

2. Maxsus didaktik interfeys, ssenariyli sxemalar. 
Virtual laboratoriyalarni yaratishda asosiy e’tibor odatda matematik 
modellash, o‘rganilayotgan jarayon yoki obyektlar optimallashtirish va hisob
ishlariga qaratiladi. Amaliy dasturlar paketi bilan o‘quv ishlarida talabalar maxsus 
mutaxassislik malakalariga ega bo‘lishlari kerak, ko‘pchilik hollarda ular hali
malakalarga ega bo‘lmaydilar. Bunda quyidagi tamoyillarga asoslangan maxsus 
didaktik interfeys, ssenariyli sxemalar yordam berishi mumkin:
• o‘rganish faoliyatini faollashtirish uchun musobaqalashish vaziyatlarini 
yaratish; • o‘quvchilarning bilish faoliyatini siklik, yopiq boshqarishni tashkil
etish;

• qiziqarli namunaviy yoki o‘rgatuvchi masala yoki masalalar to‘plamini


tanlash. Bu tamoyillarni amalga oshirish tajribasi ularning yuqori didaktik 
samarasini ko‘rsatadi. Texnik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni
tayyorlashda texnik obyektlar loyihasini o‘rganish bo‘yicha laboratoriya ishlari 
katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda maxsus o‘quv xonalari yaratilyapti. Ammo
ularni yaratish uzoq vaqtni, jihozlash va tarkibi esa – katta moddiy resurslarni talab 
qiladi.
Ta’lim jarayonida virtual xonalardan foydalanish haqiqiy o‘quv 



78 
xonalaridan 

foydalanishni


butunlay 
chetlashtirmaydi.
Lekin,

bunday
mashg‘ulotlarning elektron ko‘rinishi quyidagilarga imkon beradi:


• talabalarning o‘quv ishlarida faolliklari va mustaqilliklarini oshiradi;
• o‘quv materialining multimedia ko‘rinishidaligi bilan uni qabul qilishni 
osonlashtiradi;
• har bir talabaning materialni o‘zlashtirishi bo‘yicha to‘liq nazoratni 
ta’minlaydi;
• imtihon va reyting nazoratlari tayyorlanishda takrorlash va trening 
jarayonini osonlashtiradi;
Virtual laboratoriya o‘quv multimedia majmualaridan foydalanish yaxshi 
samara beradi.
Bilish faoliyatining asosiy bosqichlariga quyidagilar:
1. Tanishuv, qabul qilish: metodik tavsiyalar, bosma qo‘llanmalar.
2. Anglash, mustahkamlash va bilimlarni tekshirish: elektron o‘quv 
qo‘llanmalar, test tizimlari, virtual o‘quv xonalari.
3. Kasbiy yo‘nalgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, intuisiyani 
rivojlantirish: matematik yoki immitasion modellash, trenajerlar va boshqa o‘quv
tizimlari.
4. Loyiha-tadqiqotchilik o‘quv faoliyati: o‘quv yoki ishlab chiqarish
qo‘shimcha dastur paketlari kiradi. Fanlar bo‘yicha fizik asboblar va qurilmalar 
bilan shaxsan tanishmasdan va ularda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirmasdan
turib, yetuk mutaxassisni tayyorlashni tasavvur qilish qiyin. Masofaviy ta’limni 
tashkil etish sharoitlarida laboratoriya praktikumining an’anaviy shakllari
foydalanuvchi (talaba tajriba o‘tkazuvchi)ning modellashtirish muhiti bilan 
samarali interfaol o‘zaro aloqalariga erishish yo‘lida apparatli-dasturli (texnik)
vositalar, kompyuter grafikasi va animasiyadan foydalanib, fizik tajribani imitasiya 
qilish hamda matematik modellashtirish texnologiyasidan foydalanuvchi, virtual
laboratoriyalar 
bilan
to‘ldiradi. 

Virtual laboratoriyaning muhim jihati


asboblarining odatiy tasvirlari bilan birga, haqiqiy signallarni imitasiyalash 
modellarinigina emas, balki zarur ma’lumotlar fayllarida saqlanadigan avvalgi




79 
tajriba ma’lumotlar fayllarida foydalanish yo‘li bilan tajribani ko‘rgazmali 

imitasiya qilish mumkinligi hisoblanadi. O‘qitish natijalari kafolatining asosi


yaxlit o‘quv jarayonida tashkil etiluvchi operativ javob aloqasi hisoblanadi. O‘quv 
materialini o‘rganishda qo‘yilgan maqsadlarga yo‘naltirilgan kundalik natijalarni
baholash va ta’lim mazmunini boyitib borish zarur.






Yüklə 327,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə