Улугбек мби doc


- rasm. Issiqxona oqqanoti



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/41
tarix23.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#123484
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Óëóãáåê ìáè doc

2.3- rasm. Issiqxona oqqanoti 
(Trialeurodes vaporariorum 
Westw.
).
 
Lichinka uchinchi yoshida 0,52 mm gacha o’sgan, ancha xiralashgan, 2-6 
kun davomida rivojlanib, yelkasida 7 juft o’simta paydo bo’lgan va shu bilan 
oldingi yoshdagilardan farq qilgan. Lichinka to’rtinchi yoshida nimfaga aylangan
uzunligi 0,8- 0,75 mm gacha yetgan. U 10-16 kun rivojlangan. 
Nimfadan 11-12 kun ichida voyaga yetgan hasharot uchib chiqqan. Bu 
hasharot asosan bargning yoritilmagan pastki qismiga yopishar ekan. Yetuk zotlari 
umuman o’simliklarni bevosita zararlamaganlar. Ularning voyaga yetganlari 2-3 
kun ichida qo’shilganlar. O’simlikdan-o’simlikka uchib o’tganlar. 
Oqqanotning urg’ochilari 20-28 kun yashagan va 150-300 tagacha tuxum 
qo’yar ekan. Tuxumlarni yosh bargning pastki qismiga, 10-20 donadan to’p-to’p 
qilib qo’yganlar. Voyaga yetgan hasharot va ularning tuxumi qisqa muddatli
(-13°S gacha) harorat pasayishiga kam chidamli bo’lgan. Havo harorati 30° S 
bo’lganda urg’ochilari 9-11 kun yashasa, erkaklari ulardan 2-3 marta kam muddat 
yashaganlar. Koloniyada odatda oqqanotning hamma rivojlanishi fazalaridagi 
vakillari mavjud bo’ladi. O’simlikni asosan lichinkalari (hamma yoshida) 
zararlagan. 
Lichinkalardan ajralib chiqqan shira "yopishqoq modda" barglar va 
mevalarni ifloslanishiga olib kelgan. Bu shirada saprofit zamburug’lar rivojlanib, 
barg va mevalarning usti qopa qurum bilan qoplangan. Natijada fotosintez jarayoni 
sustlashib, hatto o’simlik nobud bo’lishi ham mumkin ekan. 
Issiqxona oqqanoti tropik tur bo’lib, asosan himoyalangan maydonda erta 
bahordan kech kuzgacha rivojlangan. O’zbekiston sharoitida ochiq maydonda ham 
tarqalib ituzumdoshlar va qovoqdoshlar oilasi vakillarini kuchli zararlagan. 
Himoyalangan va pana joylarda qishlovdan chiqar ekan. Gruziya va O’zbekiston 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


25
janubidagi o’simliklar, qishda ham o’z vegetasiyasini davom ettiradigan 
sharoitlarda, ochiq maydonda ham bemalol qishlovdan chiqa olgan. Yil davomida 
9-10 ta avlod bergan. Zararkunanda hayotiy sikli davomiyligi, tuxum qo’yish 
davri, tuxumini ko’p yoki oz qo’yilishi, yashovchanligi turli omillarga bog’liq 
bo’lgan. Bu omillar ichida asosiylari harorat va havoning nisbiy namligi hamda 
o’simlik turi hisoblanar ekan. 
Yuqoridagilarni inobatga olib 2011-2012 yillari oqqanotning pushtdorligiga 
havo harorati va namlikning ta’sirini o’rgandik (3.2-jadval). 
Kuzatuvlarga ko’ra agar muhit 15°S harorat va namlik 30% bo’lsa, 46 dona 
tuxum qo’yilgan, namlik 60% bo’lganda 87 va 90% namlikda esa 96 dona tuxum 
qo’ygan. Harorat 20°S va 30% namlikda 108 ta, 60% namlikda 211 ta va 90% 
namlikda esa 208 dona tuxum qo’ygan. 25°S oqqanot uchun optimal harorat 
hisoblansada, ammo namlik past bo’lsa tuxum quyish ham kam bo’lgan. 
2.2- jadval 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə