Umum ped na amal-O`um 13-14


-bob. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartining maqsad va vazifalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

2-bob. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartining maqsad va vazifalari 
4. Davlat ta‘lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta‘lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma‘naviy barkamol va intellektual 
rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 
5. Davlat ta‘lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: 
umumiy o‘rta ta‘lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash
milliy, umuminsoniy va ma‘naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va 
usullarini joriy etish; 
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, 
umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini 
ta‘minlash; 
ta‘lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash 
tartibini, shuningdek ta‘lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
davlat ta‘lim standartlari talablarining ta‘lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga 
muvofiqligini ta‘minlash. 
3-bob. Umumiy o‘rta ta‘lim davlat ta‘lim standartining asosiy prinsiplari 
6. Davlat ta‘lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: 
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; 
umumiy o‘rta ta‘lim mazmunining insonparvarligi; 
davlat ta‘lim standartining ta‘lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; 
umumiy o‘rta ta‘limning boshqa ta‘lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta‘lim mazmunining 
uzviyligi; 
umumiy o‘rta ta‘lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; 
umumiy o‘rta ta‘limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga 
asoslanilganligi; 
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta‘lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy 
kompetensiyalarni rivojlantirishning ta‘minlanganligi; 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
30 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta‘lim sohasida me‘yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni 
hisobga olgan holda foydalanish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə