Umum ped na amal-O`um 13-14


-bob. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartini joriy etish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

5-bob. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartini joriy etish tartibi 
15. O‘zbekiston Respublikasida davlat ta‘lim standartini joriy etish, muvofiqlashtirish, unga metodik 
rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
16. Davlat ta‘lim standartini joriy etish, shu jumladan umumta‘lim fanlari bo‘yicha ta‘lim mazmuni va 
sifatiga qo‘yiladigan minimal talablarni, umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka 
talablarini tasdiqlash pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho berilgach amalga 
oshiriladi. 
17. Davlat ta‘lim standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 
6-bob. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish 
18. Davlat ta‘lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning maqsadi — davlat 
ta‘lim standarti talablarini bajarish darajasini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta‘lim sifatini 
ta‘minlashdan iborat. 
19. Davlat ta‘lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi 
vazirligi tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi: 
davlat ta‘lim standarti talablari asosida barcha umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida o‘quvchilar egallashi 
lozim bo‘lgan malaka talablariga baho berish; 
tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish; 
umumiy o‘rta ta‘lim muassasasida davlat ta‘lim standartlari talablari bajarilishi va ta‘lim sifatiga ta‘sir 
etuvchi omillarni, foydalanilgan pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining natijaviyligini tahlil qilish. 
20. Umumiy o‘rta ta‘lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: 
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida 
umumiy o‘rta ta‘lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi
tashqi nazorat — ta‘lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta‘limi boshqaruvi organlari 
tomonidan amalga oshiriladi; 
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta‘limi boshqaruvi 
organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; 
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq 
ta‘limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi. 
21. Umumiy o‘rta ta‘lim muassasasi o‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat qilishning reyting tizimi tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
22. Davlat ta‘lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq 
umumiy o‘rta ta‘lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə