Umum ped na amal-O`um 13-14


O‘quv informatsiyasini so‘z orqali uzatish va informatsiyani eshitish orqali qabul qilish metodlariga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

 
O‘quv informatsiyasini so‘z orqali uzatish va informatsiyani eshitish orqali qabul qilish metodlariga 
nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo‘yiladi? 
Ta‘limning og‘zaki usullari uch turga a) o‘qituvchining hikoyasi, b) suhbat, v) maktab ma‘ruzasiga bo‘linadi. 
Hikoya usuli boshlang‘ich sinflarda ko‘p qo‘llansa, yuqori sinflarda ma‘ruza usuli ko‘p qo‘llaniladi. Ta‘lim 
mazmuni notanish bo‘lsa hikoya va ma‘ruza usullari qo‘laniladi. Ta‘lim mazmuni o‘quvchiga qisman tanish bo‘lsa 
suhbat usuli qo‘llaniladi. Og‘zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o‘qituvchining bayon qilishi va 
o‘quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o‘zlashtirishlari birligiga amal 
qiladi. 
Hikoya 
maktab ta‘lim tizimida eng ko‘p qo‘llanadigan usul bo‘lib, u hamma sinflarda barcha fanlarni o‘qitishda,
maktab ta‘limining hamma bosqichlarida qo‘llaniladi. Boshlang‘ich sinflarda bu ancha qisqa va aniq bo‘ladi, 
sinflarning o‘rta guruhiga kelib hikoya ancha kattaroq hajmda va davomli bo‘ladi. Yuqori sinflarda hajmi katta bo‘ladi, 
ma‘ruzadagi kabi butun darsni band qilmaydi. 
1
Философский словарь. 5-изд. //Под ред. П.Т.Фролова. – Москва, 1987. – с. 278. 
Ta'lim mеtodlari 
So`z orqali ifodalanadigan 
mеtod 
Ko`rgazmali mеtod 
Amaliy mеtod 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
33 
Nutq madaniyatini o‘stirishda hikoyaning o‘rni katta bo‘ladi. Shu jihatdan o‘qitishning og‘zaki usullari ta‘limda 
doimo eng ko‘p qo‘llaniladi 
O‘quv ma‘ruzasi - o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish uchun muljallangan. Uning hajmi hikoyadan katta 
bo‘ladi. O‘quv ma‘ruzasi dars yoki mashg‘ulotning barcha qismini egallab oladi.
Ma‘ruza asosan yuqori sinflar, kollej va oliy o‘quv yurtlarida qo‘llaniladi. Maktab ma‘ruzasi o‘tilayotgan 
mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo‘li bilan to‘liq 
mashg‘ulot davomida bilimlarni izchillik bilan bayon etishdir. 
O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish usuli bir qator didaktik qoida va talablarga asosan qo‘llaniladi. 
1.Bayon qilinayotgan materiallar g‘oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘lashga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. 
2.Bayon qilinadigan materiallarning tarbiyaviy ahamiyatini to‘g‘ri ko‘rsatish orqali o‘quvchiga tarbiyaviy ta‘sir 
ko‘rsatish. 
3.Bayon qilishda o‘quvchining nutqi yagona manba hisoblanadi va u nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. 
4.Bayon qilishda o‘qituvchi ishlatadigan ta‘riflar, qoida va qonunlar kitob matnidan farq qilishi, mazmuniga mos 
bo‘lishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə