Umumiy doc


Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar 
Suyuq metall sathni o‘lchashda istiqbolli usul — radioto‘lqinli usuldir. 
Elektromagnit to‘lqinlari tebranish parametrlarining suyuqlik sathiga bog‘liqligiga 
asoslangan sath 
o‘lchagichlar radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar
deb ataladi. 
Radioto‘lqinli usullarga radiolokasion, radiointerferension, endovibratorli va 
rezonansli usullar kiradi. 
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlarning ishlashi elektromagnit to‘lqinlarning 
elektr va magnit xossalari bilan farq qiladigan muhitlarning chegarasidan qaytishi 
hodisasiga asoslangan. 
Elektromagnit to‘lqinlarining tarqalish tezligi v muhitda uning dielektrik 
ε
va 
magnit o‘tkazuvchanligi 
μ
qiymatlari bilan topiladi: 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


181 
µ
ε

=
C
v
, (5.22) 
bu erda, S — vakuumda yorug‘lik tezligi. 
Sath o‘lchagich sxemasi (5.14-rasm) nur tarqatgich 1, 
elektromagnit energiyasi qabul qilgichi 2 va vaqt oralig‘ini 
o‘lchash qurilmasi 3 dan iborat. Sath h qiymati nur tarqatgich 
signalni jo‘natish payti bilan qaytgan signal qabul qilgich 2 
ga kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlash yordamida topiladi. SHu kattaliklar ushbu 
munosabat bilan bog‘langan. 
C
h
H
µ
ε
τ


=
)
(
2
. (5.23) 
Odatda, lokasiya gaz muhiti orqali suyuqlik ustida olib boriladi (agar suyuqlik 
elektr o‘tkazmaydigan bo‘lsa, lokasiya prinsip jihatidan suyuqlik orqali ham amalga 
oshirilishi mumkin). Lokasiyaning gaz (havo) orqali olib borilishi ma’qulroq, chunki 
nur tarqatgichlar suyuqlik ta’siriga berilmaydi, bu erda,n tashqari, gazlarning magnit 
va dielektrik o‘tkazuvchanligi katta emas va amalda gazning parametrlari 
o‘zgarishiga va xossalariga bog‘liq emas. Bu sath o‘lchagich ko‘rsatishlarining 
amalda suyuqlik xossalariga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Bunday sath 
o‘lchagichlarning kamchiligi kichik vaqt oralig‘ini aniq o‘lchash qiyinligidir, ular 
nurlanish doirasida turgan boshqa predmetlarga g‘oyat sezgir. Suyuq metallarning 
sath o‘lchagichlari 200 mm gacha o‘lchash diapazoniga ega, o‘lchashnint asosiy 
xatoligi ±2%. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə