Umumiy doc


-§. ULTRATOVUSHLI VA RADIOTO‘LQINLI SATH



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

5.7-§. ULTRATOVUSHLI VA RADIOTO‘LQINLI SATH 
O‘LCHAGICHLARI 
Hozirgi paytda sanoatda ultratovushli sath o‘lchagichlari keng tarqalmoq.da. 
Bu asboblar boshqa asboblarga nisbatan kontaktsizlik, yuqori aniqlik, kichik 
inersionlik, katta chegarada va agressiv suyuqliklarda ishlatilishi kabi bir qator 
muhim afzalliklarga ega. Ammo o‘lchash sxemalarining murakkabligi, shuningdek, 
etarli darajada ishonchli bo‘lmagani sababli, bu asboblar boshqa qurilmalardan 
foydalanish mumkin bo‘lmagandagina ishlatiladi. 
 
Ultratovushli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi
suyuqlik, gaz (havo) 
chegarasidan tovush to‘lqinlarining qaytish prinsipiga asoslangan. Ultratovush 
impulsining havo va o‘lchanayotgan muhit (suyuqlik) chegarasi sirtidan qaytish 
kattaliklari akustik qarshilikning keskin farqi natijasida sodir bo‘ladi. 5.13-rasmda 
ultratovushli sath badandligi o‘lchagichning struktura sxemasi ko‘rsatilgan. 
Impuls ultratovushli tebranishlar generatori 1 dan nurlatgich 2 orqali sathi 
o‘lchanayotgan sig‘imga uzatiladi. ultratovush go‘lqinlar o‘lchanayotgan muhitda 
tarqaladi va suyuqlik-havo chegarasidan qaytadi. Qaytgan to‘lqinlar muhitdan teskari 
5.13 – 
расм

Ултратовушли
 
сатҳ
 
ўлчагичнинг
 
схемаси

PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


180 
yo‘nalishda o‘tadi, nurlatgich 2 ga o‘xshash ultratovush tebranishlar qabul qilgichi 3 
ga keladi, u erdan ultratovushli impuls kuchaytirgich 4, vaqt oralig‘ini hisoblaydigan 
qurilma 5 va o‘lchash asbobi (potensiometr) 6 ga keladi. 
Suyuqlik sathi o‘lchash impulsining yuborilishi va qaytishi orasidagi 
τ
vaqt 
bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni 
C
H
2
=
τ
, (5.21) 
bu erda, N — suyuqlik sathi; S — suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi

Vaqt o‘lchagichda olinadigan akslangan (qaytgan) signalning kechikish vaqtiga 
mutanosib bo‘lgan o‘zgarmas kuchlanish shkalasi sath birliklarida darajalangan 
potensiometrga beriladi. Nurlatgich sifatida bariy titanat, pezokvars, magnitostriksion 
elementlar ishlatiladi. Ko‘pincha ultratovushli tebranishlarni yuboradigan va qabul 
qiladigan asbob sifatida bir qurilmadan foydalaniladi. Bu qurilma o‘lchash 
jarayonining boshida nurlatgich vazifasini bajarib, impuls yuborilganidan so‘ng qabul 
qilgich sifatida ishlaydi. 
Ultratovushli sath o‘lchagichlar 45 mm dan bir necha o‘n metrgacha o‘lchash 
diapazoniga ega. Ulchanayotgan muhit harorati —50°S dan +200°S gacha etishi 
mumkin. Yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolik ±2,5%. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə