182
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turli shakldagi va hajmdagi
idishlardagi sochiluvchan moddalar sathni o‘lchash —
suyuq moddalar sathni nazorat qilishga nisbatan ancha
murakkab masaladir. Bu sochiluvchan moddalarning
idishlarni to‘ldirishda va bo‘shatishda gorizontal sirtga ega
bo‘lmay, balki sochiluvchan moddaning zarrachalari
orasidagi ishqalanish va ma’lum bir ilashish natijasida
qiyaliklar hosil qilishi bilai bog‘liq. Sochiluvchan
muhitlarning idish tubiga va devorlariga bosimi sathning
balandligiga
mutanosib
emas,
chunki
sochiluvchan
materiallarga Paskal qonuni ta’sir etmaydi. Ko‘pchilik
sochiluvchan materiallar (ayniqsa sement, qum, selitra, shakar, un, tuz va shularga
o‘xshash) saqlashda sochiluvchanligini yo‘qotadi, ya’ni yopishuvchanlik xossasiga
ega bo‘ladi. Bulardan tashqari, ular idishlarning sirtiga va sath o‘zgartkichlari sezgir
elementlariga yopishishi mumkin, bu esa yopishqoqlik bilan birga materialning qiya
va ba’zi hollarda vertikal tekisliklarda osilib turishiga olib keladi. Ba’zi sochiluvchan
moddalarning (bug‘doy, tuz va boshqalar) abrazivligi bunkerlarda o‘rnatiladigan sath
datchiklarini tez ishdan chiqaradi, uyumli moddalar esa ularni mexanik
shikastlantirishi mumkin.
Bir qator sochiluvchan moddalar (tuz, un, konsentrlangan ozuqalar, oltingugurt
va boshqalar) idishlarda muvozanatli, oson alangalanuvchan, ma’lum sharoitlarda esa
portlash xavfi bo‘lgan changni hosil qiladi. SHuning uchun elektr sath o‘lchagichlar,
faqat portlash xavfi bo‘lmaydigan hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Sochiluvchan muhitlarni o‘lchash sharoitlarining va tavsiflarining turlichaligi
sochiluvchan materiallar sathini o‘lchaydigan asboblarning katta nomenklaturasini
belgilaydi: mexanik, kontaktli-mexanik, vaznli, qalqovichli, elektrik, radioizotopli,
ultratovushli va boshq. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, suyuk muhitlarning sathni
o‘lchovchi yuqorida qarab chiqilgan bir qator asboblardan sochiluvchan
moddalarning sathini o‘lchash uchun foydalanish mumkin. Biroq sochiluvchan
moddalar sathini nazorat qiluvchi ommaviy chiqarilgan asboblar sanoatda TJABT ni
5.14 –
расм
.
Dostları ilə paylaş: