Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

 
Радиоизотопли
 
сатҳ
 
ўлчагичнинг
 
принципиал
 
схемаси

PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


178 
I
x
=I
0
exp(-
μ
x), (5.20) 
bu erda, I
0
 — j- nurlanishning boshlang‘ich jadalligi; 
μ
 — moddaning tabiati va uning qatlami qalinligi x ga 
bog‘liq bo‘lgan j-nurlanishning kuchsizlanish koeffisienti. 
Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 5.12-rasmda ko‘rsatilgan. 
U radioaktiv nurlanish manbai 1, ionlovchi nurlanishni qabul qiladigan hisoblagich 2, 
elektr toki manbai 3, qarshilik 4, elektron kuchaytirgich 5 va o‘lchash asbobi 6 dan 
iborat. Hisoblagich metalldan yasalgan silindr bo‘lib, ichi inert gaz bilan to‘ldirilgan. 
Silindr markazida undan izolyator bilan ajratilgan metall sim o‘rnatilgan. Silindr 
devori elektr manbaining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan. 
Silindr inert gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lgani uchun hisoblagich zanjirida tok 
bo‘lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta’sir etib, undagi inert gaz ionlanishi 
boshlangandagina hisoblagich 2 va qarshilik 4 zanjirida tok hosil bo‘ladi. Bu tok 
miqdori inert gazning ionlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Gazning ionlanishi esa 
radioaktiv nurlanish manbai bilan hisoblagich orasiga o‘rnatilgan idish ichidagi 
suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. 
Idishdagi suyuqlik balandligi nur yo‘lini to‘la berkitsa, rezistordan o‘tadigan tok 
nolga yakin bo‘ladi, nur yo‘li ochilishi bilan, ya’ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan 
rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Idish ichidagi suyuqlik balandligi ana shu 
rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan o‘lchanadi. Buning uchun rezistordagi 
kuchlanish miqdori oldin elektron kuchaytirgich 5 yordamida kuchaytiriladi, so‘ngra 
esa o‘lchov asbobi 6 ga uzatiladi. 
Radioizotopli sath o‘lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu 
asboblar sath o‘lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga oshiradi; 
ular ochiq va berk idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash 
uchun ishlatilishi mumkin, o‘lchanayotgan muhit bilan asbob orasida hech qanday 
mexanik bog‘lanish bo‘lmagani sababli agressiv suyuq va sochiluvchi moddalarning 
balandligini o‘lchash mumkin. Asboblar ko‘rsatishining aniqligi va stabilligi muhit 
holatining (harorat, namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik va boshqa fizik 
xossalarning) o‘zgarishiga bog‘liq emas. Barcha radioizotopli asboblarning umumiy 
kamchiligi radioaktiv nurlarning tirik organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning 
xatosi ±0,5—1% dan oshmaydi. Bular asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


179 
mumkin bo‘lmagan hollardagina qo‘llaniladi. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə