Umumiy doc


-§. HARORATNI MAXSUS O‘LCHASH TERMOMETRLARI



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

 
2.7-§. HARORATNI MAXSUS O‘LCHASH TERMOMETRLARI
Qattiq jismlar sirtining haroratini o‘lchash 
 
Sirtlarning haroratini kontaktli va kontaktsiz usullar bilan o‘lchash mumkin. 
Haroratni kontaktli termometrlar bilan o‘lchashda, odatda, ikkita muammo mavjud: 
1) termometr va o‘lchanayotgan sirt haroratlarining tengligini ta’minlash kerak; 
2) termometr bilan o‘lchash joyida haroratning yoki sirtning harorat 
maydonining buzib ko‘rsatilishini yo‘qotish zarur. 
Termometr va o‘lchanayotgan sirt haroratlarining tengligini ta’minlash uchun 
o‘lchash ob’ekti sirtidan termometrga issiqlik o‘tishining eng yaxshi sharoitlarini 
yaratish lozim. YAxshi issiqlik kontaktini ta’minlash uchun maxsus tayyorlangan 
termometrni sirtga elimlash, kavsharlash yoki payvandlash maqsadga muvofiq.. 
O‘lchash ob’ekti sirtining harorati yoki harorat maydonining buzilishiga 
termometrning o‘lchanayotgan sirtga qo‘shimcha issiqlik olib kelishi yoki olib ketishi 
sabab bo‘lib, ishlagan vaqtida yuz beradi. SHuning uchun, sirt haroratini o‘lchash 
joyida qo‘shimcha issiqlik almashish bo‘lmaydigan sharoitlar yaratish kerak. Ba’zan 
termometr orqali issiqlik almashishidan qochish mumkin bo‘lmaganda, shu issiqlik 
almashishni harorat o‘lchanadigan joydan boshqa joyga ko‘chirishga harakat qilinadi. 
Sirt haroratini, masalan, quvur haroratini uzluksiz o‘lchash uchun termometrni 
sirtga maxsus qisqich bilan taqab quyiladi. Quvurning izolyasiyasi borligi o‘lchash 
joyidan issiqlikni chiqib ketishi (yoki issiqlik kirib kelishi) amalda mumkin 
emasligini taqozo qiladi va shuning uchun, termometr sirt haroratini buzib 
ko‘rsatmaydi. 
Harakatdagi sirtlarning (vallarning, kalandrlarning va b.) haroratini o‘lchash 
anchagina murakkab. Bunday holda nurlanish bo‘yicha kontaktsiz o‘lchash 
usullaridan foyda-lanish maqsadga muvofiq, ammo bu usullarni qo‘llashni amalga 
oshirib bulmaydi, chunki o‘lchanayotgan sirtni tug‘ridan-tug‘ri ko‘rish mumkin 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


97
emas va h. SHuning uchun, kontaktli termometrlar keng qo‘llaniladi. Bunda issiqlik 
qabul qilgich (termopriyomnik) bilan harorati o‘lchanayotgan sirtning ishqalanishiga 
bog‘liq bo‘lgan qator qo‘shimcha xatoliklar paydo bo‘ladi. SHu xatoliklar 
termopriyomnik kontaktining to‘g‘riligiga, nazorat qilinayotgan sirt tozaligiga va 
boshqa omillarga bog‘liq. Sirt aylanma harakat qilganda signalning uzatilishi 
aylanma kontaktli qurilma orqali amalga oshiriladi. Uning sodda varianti kontakt 
xalqalaridir. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə