Umumiy doc


Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar 
Optik pirometrlarning ishlash prinsipi
harorati o‘lchanayotgan jismning 
nurlanish ravshanligini etalon jismlarning monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan 
solishtirishga asoslagan. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi 
rostlanadigan cho‘g‘lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu guruhdagi keng 
tarqalgan asboblardan biri — cho‘g‘lanish tolasi yo‘qolib ketadigan monoxromatik 
optik pirometrdir. Bu asbobning prinsipial sxemasi 2.24- rasmda keltirilgan. 
Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob’ektiv 1 orqali yig‘iladi va pirometrik lampa 
2 ning toza yuzasiga proeksiyalanadi. Okulyar 3 yordamida ob’ektning tasviri bilan 
kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai E ning 
o‘zgarmas tokidan cho‘g‘lanadi. Manbaning kuchlanishi reostat R yordamida sekin-
asta rostlash yo‘li bilan ob’ekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. 
SHu payt ob’ekt tasviri bilan kesishgan tolaning qismi, rasmda ko‘rsatilganidek, 
yo‘qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so‘ng tok kuchini yoki lampa 
kuchlanishini o‘lchaydigan asbob bilan pirometr ko‘rsatishlari hisoblanadi. 
Optik pirometrlarning haroratni o‘lchash oralig‘i 800°S dan 10000°S gacha. 
Yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi ±1,5% dan oshmaydi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


91
2.24 – rasm. 
Optik pirometrning prinsipial sxemasi 
Optik pirometr ko‘chma asbobdir. U bilan uzluksiz o‘lchash va haroratni qayd 
qilish mumkin emas. 
Bunday pirometrdan farqli o‘laroq, fotoelementli pirometrlar (fotoelektr 
pirometrlar) ko‘rsatishlarni yozib olish va ularni masofaga uzatish imkoniga ega. Bu 
asboblardan tez o‘tadigan jarayonlardagi haroratni o‘lchashda foydalaniladi. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə