169
suyuqlikka batamom cho‘kkanda, qalqib chiqmaydi. Sterjen 4 ning bo‘sh uchida
pnevmoqurilma 7 ning zaslonkasi (to‘siq) 5 mahkamlangan. Torsionli naychaning
sterjeni burilganda to‘siq soplo 6 ga nisbatan shu burilish burchagiga teng burchakka
siljiydi. Pnevmoqurilma 7 to‘siqning burchakli siljishini ikkilamchi asbob 8 orqali
o‘lchanadigan bosimning mutanosib o‘zgarishiga aylantiradi. Bosim o‘lchaydigan
asbobning shkalasi 8 sath birligida darajalangan.
Suyuqlik sathni masofadan o‘lchash uchun kuch kompensasiyasi prinsipiga
asoslangan, o‘zgarmas tokning 0—5 va 0—20 mA unifikasiyalangan chiqish
signaliga (UB-E rusumli) yoki 20...100 kPa havo bosimiga mo‘ljallangan (UB-P
rusumli) qalqovichli sath o‘lchagichlari qo‘llaniladi va qalqovichli sath
o‘lchagichlarining o‘lchov chegarasi ushbu qatordan tanlanadi: 0—0,25; 0,4; 0,6; 1,6;
2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik sinfi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo‘lishi mumkin.
Hisob- kitob operasiyalari uchun sath o‘lchagichlari asosiy xatoliklari ±1,0 dan 10,0
mm gacha bo‘ladigan qilib tayyorlanadi.
Agressiv suyuqliklar sathni o‘lchashda qalqovich korroziyaga bardosh
materialdan tayyorlanadi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.)
suyuqlashtirilgan gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400°S gacha
bo‘lgan haroratda muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda,
o‘lchash chegarasi katta, aniqligi etarlicha katta, agressiv muhitlar sathini o‘lchash
mumkin, o‘lchashning harorat chegarasi keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi
kamchiliklari: idishda qalqovich borligi, metall ko‘p ketishi, kinematik qismlari
borligi sababli etarli mustahkam emasligi, idishlarda bosim ostida sathni o‘lchash
qiyinchiliklari.
Dostları ilə paylaş: