175
qoplamalarning dielektrik xususiyatlari hisoblashlarda e’tiborga olinadi. Elektr
o‘tkazadigan suyuqliklar sathini o‘lchashda ham qoplamalar izolyasion modda bilan
qoplanadi.
Elektr sig‘imi, odatda, rezonans va ko‘prik sxemalari yordamida o‘lchanadi.
Rezonans usulida o‘lchanayotgan sig‘im induktivlik konturiga parallel ulanadi va
rezonans konturini hosil qiladi. Rezonans konturi o‘zgartkichning ma’lum
boshlang‘ich
sig‘imdagi
ta’minlovchi
chastota
rezonansiga
rostlanadi.
O‘zgartkichning sig‘imi nazorat qilinayotgan muhit kerakli sathga erishgan yoki
erishmaganligini ko‘rsatadi. Bu sig‘im o‘zgarishi natijasida uning chastotasi
o‘zgaradi va rezonans buziladi. Bu usul ko‘pchilik sig‘imli sath signalizatorlarida
ishlatiladi
.
Ko‘prik usulida nazorat qilinayotgan sig‘im
ko‘prikning bir elkasiga ulanadi. Sath o‘zgarishi
bilan sig‘im o‘zgaradi va ko‘prikda nomuvozanat
holat vujudga keladi. Nomuvozanatlik signali
kuchaytirgich orqali sath birligida darajalangan
ko‘rsatuvchi elektr asbobiga uzatiladi.
Ko‘prikli sxemalar eng sodda hisoblanadi.
Sathni
œ
lchash elektron indikator EIU (5.10-rasm) sxemasi bunga misol bo‘la oladn.
Ko‘prik Tr transformatorning ikkita ikkilamchi chulg‘ami I va II o‘zgartkichni
sig‘imi S
pr
va qo‘shimcha kondensator S dan iborat. Ko‘prik suyuqlikning nol sathida
muvozanatlashgan, bu erda, kuchaytirgichning kirishi va chiqishida signal nolga teng.
Sath ortishi bilan S
pr
sig‘imi ortadi, ko‘prik nomuvozanatligi ortadi va kuchaytirgich
kirishidagi kuchlanish ortib boradi. Bu signal kuchaytirgich EK bilan kuchaytiriladi,
unifikasiyalangan signalga o‘zgartiriladi va ikkilamchi asbob O‘A bilan o‘lchanadi,
EIU sath o‘lchagichlarining o‘lchash chegaralari o‘zgartkich turiga bog‘liq va 1 dan
20 m gacha o‘zgarishi mumkin: yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi 1 dan
2,5% gacha bo‘lishi mumkin.
Sig‘imli sath o‘lchagichlar arzonligi, u bilan ishlashning soddaligi, idishda
birlamchi o‘zgartkichni o‘rnatish qulayligi, harakatlanuvchi elementlarining yo‘qligi,
5.10 –
расм
.
Dostları ilə paylaş: