Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

 
 
1.5-§. O‘LCHASH XATOLIKLARI VA ANIQLIK SINFI 
O‘lchash natijasida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan 
farq qiladigan qiymati topiladi. Qo‘pincha, fizik kattalikning haqiqiy qiymati 
noma’lum bo‘ladi va shu kattalikning qiymati o‘rnida uning tajriba yordamida 
topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qiymatiga 
shuncha yakin bo‘ladiki ko‘zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin. 
Kattalikning o‘lchash usuli bilan topilgan qiymati 
o‘lchash natijasi
deyiladi. 
O‘lchash natijasi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqikiy qiymati orasidagi farq 
o‘lchash xatoligi
deyiladi. O‘lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o‘lchash 
xatoligi o‘lchashning 
mutlaq xatoligi
deyiladi: 

X=X-X
h
(1.5) 
bu erda, 

X — mutlaq xatolik; X—o‘lchash natijasi; X
h
 — o‘lchanayotgap kattalikning xakiqiy kiymati

O‘lchash mutlaq xatoligining o‘lchanayotgan kattalikning hakiqiy qiymatiga 
nisbati o‘lchashning 
nisbiy xatoligi
deyiladi. 
O‘lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra muntazam, 
tasodifiy va qo‘pol xatoliklarga bo‘linadi. 
Muntazam xatolik
deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o‘lchaganda 
o‘zgarmas bo‘lib qoladigan yoki biror qonun bo‘yicha o‘zgaradigan o‘lchash xatoligi 
tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bo‘ladi, ularni tuzatmalar kirtish bilan 
yo‘qotish mumkin. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


28
Kattalikni o‘lchash natijasida olgan qiymatga muntazam xatolikni yo‘qotish 
maqsadida qo‘shiladigan qiymat 
tuzatma
deb ataladi. Odatda, muntazam xatoliklar 
instrumental (o‘lchash asboblari), o‘lchash usullari, sub’ektiv (noaniq o‘qish), 
o‘rnatish, uslubiy xatoliklarga bo‘linadi. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə