Umumiy doc


Vaznli zichlik o‘lchagichlar



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Vaznli zichlik o‘lchagichlar 
Vaznli zichlik o‘lchash asboblarining ishlash prinsipi 
nazorat qilinayotgan 
suyuqlikning ma’lum bir doimiy hajmining vaznini uzluksiz o‘lchab turishga 
asoslangan. 
Toza suyuqliklar zichligi o‘lchashdan tashqari vaznli zichlik o‘lchagichlar 
suspenziya va tarkibida qattiq moddalar bo‘lgan suyuqliklar zichligini o‘lchashda 
ham ishlatiladi. 
6.34- rasmda pnevmatik o‘zgartkichli vaznli zichlik o‘lchagichning prinsipial 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


245 
sxemasi keltirilgan. Suyuqlik rezina tarnov va metall silfonlari 6 bo‘lgan 
sirtmoqsimon quvur 1 dan o‘tadi. Sirtmoqsimon quvur pnevmoo‘zgartkichining 
to‘sig‘i 2 bilan bog‘liq. Suyuqlik zichligi oshganda sirtmoqsimon quvurning vazni 
ortadi va u pastga harakatlanadi, soplo 3 bilan to‘siq 2 oralig‘i kichrayadi, 
o‘zgartkichdagi bosim ko‘tariladi. 
Unifikasiyalangan pnevmatik signal kuchaytirgich 4 orqali silfon 5 ga uzatiladi 
(teskari aloqa). Silfondagi bosim suyuqlik zichligining o‘zgarishiga mutanosib 
o‘zgaradi va shkalasi zichlik birligida darajalangan ikkilamchi asbob bilan 
o‘lchanadi. Asbob suyuqlikning zichligini sirtmoqsimon quvur to‘ldirilayotgan 
paytdagi amaliy haroratda o‘lchaydi. 
Vaznli zichlik o‘lchagichlarning afzalligi sirtmoqsimon quvur kesimining 
doimiyligi va quvurdan suyuqlikning katta tezlikda o‘tishidir. Bu esa suyuqlik 
tarkibidagi qattiq jismlarning sirtmoqsimon quvur tubiga (devorlariga) cho‘kishiga 
yo‘l qo‘ymaydi. Sanoatda 500...2500 kg/m
3
o‘lchash chegaralariga mo‘ljallangan 
vaznli zichlik o‘lchagichlar chiqariladi: O‘lchashdagi asosiy xatolik ±2%. 
6.35- rasmda Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari 
yaratgan zichlik o‘lchagichning sxemasi keltirilgan. 
U korpus va o‘lchash asbobi 2 dan iborat. Korpus nazorat qilinayotgan 
suyuqlik solingan kamera 3, bufer suyuklik bilan to‘ldirilgan oraliq kamera 4 va 
pnevmoo‘zgartkich vazifasini bajaradigan kamera 5 dan iborat. Zichligi 
o‘lchanayotgan suyuqlik kamera 3 ga kirish shtuseri 6 orqali to‘xtovsiz kelib turadi 
6.34-
расм

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə