Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov


Капиляр
 
вискозиметр
 
схемаси
.
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


253 
6.40 – 
расм

Автоматик

капилляр
 
вискозиметрнинг
 
принципиал
 
схемаси

ulanadi. Kapillyar viskozimetrning o‘lchash chegaralari 0,001... 10 Pa s. Laboratoriya 
asboblarida o‘lchash xatoligi ±3...5%. 
6.40-rasmda 
avtomatik 
kapillyar 
viskozimetrning 
tuzilishi 
bir 
oz 
o‘zgargan 
prinsipial 
sxemasi 
keltirilgan. 
Nazorat 
qilinayotgan suyuqlik o‘zgarmas sarf bilan 
dozalovchi nasos 1 yordamida kapillyar naycha 2 
orqali so‘rib olinadi. Naychadagi bosimning 
pasayishi difmanometr 3 bilan o‘lchanadi, uning 
shkalasi qovushoqlik birliklarida darajalangan. Viskozimetr termostat 4 ra 
o‘rnatilgan. Odatda, asbob diametri va uzunligi turlicha bo‘lgan kapillyarlar 
komplekti bilan ta’minlangan bo‘ladi. Kapillyarning diametri va uzunligi o‘lchash 
chegaralariga qarab tanlanadi. 
Ishlash prinsipi
o‘z og‘irligi ta’sirida suyuq mahsulotlarning oqib chiqishiga 
asoslangan viskozimetrlar eng ko‘p tarqalgan. Ularning asosiy qismi datchik bo‘lib, u 
past tomonidan kalibrlangan naycha bilan tugaydigan sig‘imdan iborat. Sig‘imga 
uzluksiz ravishda suyuqlik beriladi, uning sarfi doimo bir xilda saqlab turiladi. 
Sig‘imdagi suyuqlik sathi uning qovushoqligiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Sathni 
o‘lchab, qovushoqlikning qiymati topiladi. Bu asboblarning boshqa turlarida, 
aksincha, suyuqlik sathi bir xilda ushlab turiladi, lekin qovushoqlikka bilvosita 
bog‘liq bo‘lgan boshqa parametr (masalan, suyuqlik sarfi, kapillyarning siljishi, 
kapillyarning diametri yoki uzunligi va hokazo) o‘lchanadi. Birinchi tur asboblar 
o‘zgaruvchan sathli viskozimetrlar deb, ikkinchi tur asboblar esa o‘zgarmas sathli 
viskozimetrlar deb ataladi.
Toshkent davlat texnika universiteti professor - o‘qituvchilari tomonidan suyuq 
mahsulotlarning erkin oqib chiqishiga asoslangan pnevmatik va elektrik 
viskozimetrlarning har xil turlari yaratilgan. Erkin oqib chiqishga asoslangan 
viskozimetrlardan o‘zgaruvchan sathli asboblar keng qo‘llanilmoqda. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


254 
6.41-rasmda membranali pnevmatik viskozimetrning sxemasi keltirilgan. 
Tekshiriladigan suyuqlik nasos-dozator 1 yordamida so‘rib olinadi va issiqlik 
almashgich 2 orqali silindrik idish 3 ga haydaladi, u erdan kapillyar 4 orqali sig‘im 5 
ga oqib chiqadi. 
Kapillyar 4 idish 3 ning yon devorida 
joylashgan bo‘lib, gidravlik kamera 7 ning 
yuqorigi membranasi 6 shu idishning tubi 
bo‘lib xizmat qiladi. Gidravlik kamera 
ostida chiqarish soplosi 9 bilan pnevmatik 
kamera 8 joylashgan. Havo pnevmatik 
kameraga ma’lum 0,14 MPa bosim bilan 
doimiy drossel 10 orqali beriladi. Asbob 
aralashtirgichli 
dvigatel 
12 
bilan 
ta’minlangan termostat 11 da joylashgan. 
Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqligi o‘zgarganda uning idish 3 dagi 
sathi o‘zgaradi. Buning natijasida gidravlik kameraning yuqorigi membranasi egiladi 
va u o‘z navbatida qapqoq vazifasini bajaruvchi membrana 6 ni egilishga majbur 
etadi. Natijada soplo 9 ning ochilish yoki yopilish darajasini o‘zgartiradi, bu soplo 
pnevmatik kamera 8 ni atmosfera bilan tutashtirib turadi, bu erda, kamera 8 da havo 
bosimi o‘zgaradi va bu o‘zgarish o‘lchash asbobi 13 yordamida o‘lchanadi. uning 
shkalasi bevosita kinematik qovushoqlik birliklarida darajalangan. 
6.42- rasmda zoldirli pnevmatik viskozimetrning sxemasi keltirilgan. 
Pnevmokamerani atmosfera bilan tutashtiruvchi zoldirli klapanning qo‘llanilishi juda
yuqori aniqlikda o‘lchashni ta’minlaydi. 
6.41 – 
расм
.

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə