Umumiy doc


Rostlanuvchi kattaliklarni va rostlovchi ta’sirlarni kiritish kanallarini



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə376/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Rostlanuvchi kattaliklarni va rostlovchi ta’sirlarni kiritish kanallarini 
tanlash.
Bu 
bosqichda 
jarayonni 
ifodalovchi 
ko‘pgina 
parametrlardan 
rostlanadiganlarini va ularni o‘zgartirish bilan rostlovchi ta’sir kiritish maqsadga 
muvofiq bo‘lganlarini tanlab olish zarur. Odatda, ularning soni boshqaruvda 
ishtirok etayotgan parametrlarning to‘rtdan bir qismidan oshmaydi. Qo‘yilgan 
vazifani jarayonning maqsadini tahlil qilish natijalariga va uning ishlab 
chiqarishdagi boshqa jarayonlar bilan bog‘lanishiga qarab uddalash mumkin 
bo‘ladi. Tahlil natijalaridan kelib chiqib boshqaruv mezoni, uning berilgan qiymati 
va parametrlari tanlanadi, ularni o‘zgartirish bilan eng maqsadga muvofig‘i unga 
ta’sir ko‘rsatishdir. Bu ish parametrlarning o‘zaro bog‘liqligi haqida tasavvur 
beruvchi jarayonning statik va dinamik xarakteristikalari asosida amalga oshiriladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


626 
21.6-rasm. 
Ob’ektning statik (a) va dinamik (b) xarakteristikalari: 
1 – R Sosim o‘zgarganda; 2 – T temperatura o‘zgarganda;
τ
0
— g‘alayonlanish oni (momenti). 
Statik xarakteristikalar bir xil parametrlarning boshqalariga ta’sir ko‘rsatish 
darajasini baholashga imkon beradi. 21.6-rasm, 
a)
da biror maqsadga qaratilgan 
S
mahsulot chiqishining apparatdagi 
T
temperaturaga va 
R
bosimga bog‘liqligi 
ko‘rsatilgan. Statik xarakteristikalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
R
bosimning 
hatto juda katta o‘zgarishlari ham 
S
parametrga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
SHuning uchun maqsadga qaratilgan mahsulotning statik xarakteristika asosida 
chiqishini 
T
temperaturani o‘zgartirib, quvvatlab turish kerak. Dinamik 
xarakteristikalar tanlovning to‘g‘riligini aniqlashtirishga imkon beradi. 31.6- rasm, 
b)
dagi grafikdan ko‘rinishicha, 1 temperatura o‘zgarganda eng kichik kech 
qolishlar o‘rinli bo‘ladi. 
Rostlash kanali shunday tanlanadiki, bunda rostlovchi ta’sir (sarfning 
temperaturaning, bosimning o‘zgarishi) rostlanuvchi kattalikning maksimal va tez 
o‘zgarishi bilan birga o‘tsin, ya’ni ob’ektning rostlash kanali bo‘yicha kuchayish 
koeffisienti maksimal bo‘lsin. 
Boshqaruv mezoni va unga ta’sir etuvchi kanallar tanlangandan so‘ng BTOni 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan g‘alayonlanishlar va ularni ob’ektga kelmasdan oldin 
yo‘q qilish yo‘llari nuqtai nazaridan tahlil qilishga kirishiladi. Bunda asosiy 
e’tiborni kirish parametrlarini barqarorlashtirishga qaratish zarur, chunki ularning 
o‘zgarishi bilan ob’ektga kuchli g‘alayonlanishlar kiradi. 
Odatda, barcha g‘alayonlanuvchi ta’sirlarni ob’ektga kirgunga qadar yo‘qotib 
bo‘lmaydi. Ichki g‘alyonlanishlarni esa amalda oldindan bilish va yo‘qotish 
mumkin emas. Bundan tashqari, ko‘pgina kirish va chiqish parametrlari oldingi 
yoki kelgusi jarayonning texnologik rejimi bilan belgilanadi. Masalan, kontakt 
apparatga keladigan kuydiradigan gazdagi (N
2
SO
4
ishlab chiqarish) kislorod 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


627 
konsentrasiyasi kuydirish (pishirish) jarayonining texnologik rejimiga bog‘liq; 
absorbsion kolonnaga uzatilayotgan degidrasiyalangan gazning (sintetik kauchuk 
ishlab chiqarish) tarkibi degidrasiyalash jarayonining kechishiga bog‘liq. 
Barcha mumkin bo‘lgan g‘alayonlanishlar bartaraf qilinishi mumkin 
bo‘lmagani uchun ular rejim parametrlarining o‘zgarishiga, keyin esa boshqarish 
mezonining o‘zgarishiga ham olib keladi. Rejimli parametrlarni rostlash zarurati 
paydo bo‘ladi. Bunda yana ob’ektning statik va dinamik xarakteristikalariga 
murojaat qilish zarur bo‘ladi. 
Pirovardida, kimyoviy texnologiyaning TBO ni avtomatlashtirishda, odatda, 
boshqarish 
mezonini, 
rejimli 
va 
kirish 
parametrlarini 
rostlovchi 
kombinasiyalashgan (aralash) BS ning yaratilishiga kelinadi. 
SHuni ta’kidlab o‘tamizki, parametrlarning o‘zaro bog‘liqligi tufayli bir 
parametrni rostlash (sozlash) uchun qaratilgan rostlovchi ta’sirlar boshqalariga 
ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, retifikasion kolonnaning qaynatkichiga 
temperaturani rostlagich tomonidan uzatiladigan bug‘ miqdorining o‘zg‘arishi 
faqat kubdagi temperaturaning o‘zgarishigagina emas, balki undagi sathga ham 
ta’sir qiladi. 
Ayrim parametrlar orasidagi ichki bog‘lanishlarni susaytirish usullari ham 
mavjud rostlanuvchi kattaliklar sifatida o‘zaro bog‘lanmagan (yoki kuchsiz 
bog‘langan) parametrlarni tanlash; rostlash zanjiriga (rostlagichlar orasiga) 
kompensasiyalovchi tashqi bog‘lanishlarni kiritish. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə