Umumiy doc


Nazorat qilinuvchi kattaliklarni tanlash



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə377/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Nazorat qilinuvchi kattaliklarni tanlash.
Texnologik jarayonlarni operativ 
boshqarish, shuningdek, uni ishga tushirish va to‘xtatish amalga oshiriladigan 
parametrlarning qiymatlari nazorat qilinishi kerak. Bunday parametrlarga hamma 
rejimli va chiqish parametrlari, shuningdek, kirish parametrlari kiradi, bularning 
o‘zgarishi natijasida ob’ektga g‘alayonlanish kira boshlaydi. Qiymatlari texnologik 
karta tomonidan cheklanadigan parametrlar albatta nazorat qilinadi. 
Portlash xavfi bo‘lgan BTOning texnologik parametrlarini nazorat qilishga 
alohida e’tibor berilishi kerak. Ularning har biri uchun texnologik jarayonning 
kritik fizik – kimyoviy kattaliklari qiymatlari to‘plami, shuningdek, ular 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


628 
o‘zgarishlarining diapazoni aniqlanadi. Gaz chiqqanlik miqdorini nazorat qilish 
uchun (chegaraviy yo‘l qo‘yilgan konsentrasiya bo‘yicha) ishlab chiqarish 
xonalarida, ochiq tashqi qurilmalarning ishchi zonalarida avtomatik gaz analiz 
qilish vositalari majburiy ravishda ko‘zda tutilishi kerak. 
Portlash xavfi bo‘lgan BTOlarning holatini ifodalovchi parametrlar faqat 
nazorat qilinibgina qolmay, balki rostlanishi ham kerak, nazorat qurilmalariga 
signallar esa bir qancha sezgir elementlardan kelishi kerak, masalan, suyultirilgan 
gazlar va tez alangalanuvchi suyuqliklar (TAS) bo‘lgan idishlarga sathni 
belgilovchi uchta o‘lchagich o‘rnatish lozim. 
Signal 
beruvchi 
kattaliklarni 
tanlash.
BTOni 
qayta 
ishlanuvchi 
moddalarning portlashga va yong‘inga xavfliligi, zaharliligi va agressivligi 
(ta’sirchanligi) yuz berishi mumkin bo‘ladigan avariya va baxtsiz hodisalarga 
nisbatan tahlil qilgandan so‘ng signalizasiya parametrlarini tanlashga kirishiladi. 
CHegaraviy qiymatlari quyida ko‘rsatilgan oqibatlarga. olib kelishi mumkin 
bo‘lgan parametrlar avariyadan oldin (zarur bo‘lganda esa ehtiyotlik) signalizasiya 
qilinishi kerak: portlash va yong‘in chiqqanda (masalan, texnologik apparatlarda, 
ishlab chiqarish xonalarida, ochiq tashqi quril-malarning ishchi hududida portlash 
xavfi bo‘lgan moddalarning to‘planishi); baxtsiz hodisalar ro‘y berganda (masalan, 
xonada zaharli moddalar to‘planganda) avariya sodir bo‘lganda (masalan, qurilma 
harakatlanuvchi qismlarining eng chetki holatlarida); qurilma ishdan chiqqanda 
(masalan, apparatlarda bosim, katalizatorli reaktorlarda temperatura); texnologik 
rejimning mutlaqo buzilishi (masalan, jarayonni boshlab beruvchi qo‘shimchalar 
sarfi, apparatdagi suyuqlik sathi); shartnomaga mos kelmaydigan va brak mahsulot 
ishlab chiqarish (masalan, eng muhim rejimli parametrlar). 
Tabiiyki, 
maqsadga 
qaratilgan 
mahsulotlarning 
miqdoriy 
va 
sifat 
xarakteristikalarini o‘zgartirsh hollari, shuningdek, ayrim agregatlarni texnologik 
reglamentda ko‘zda tutilmagan to‘xtatishlar signalizasiya qilinadi. 
SHuni ta’kidlash kerakki, juda mas’uliyatli parametrlarni signalizasiyalash 
ikkita parallel o‘rnatilgan o‘lchagichlardan amalga oshirilishi kerak, masalan, oson 
alangalanuvchi suyuqliklar sathlarini ikkita o‘lchagichdan amalga oshiriladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


629 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə