Umumiy doc


Neft maxsulotlari suyuqligi sarfini og‘irlik hisobi tizimi



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

 Neft maxsulotlari suyuqligi sarfini og‘irlik hisobi tizimi 
Datchiklar o‘lchov o‘zgartkichlari 3 bilan biriktirilgan bo‘lib, uning chiqish 
signali davri neft maxsulotlari bo‘lgan rezervuar og‘irligiga chiziqli bog‘liq. 
Rezervuarlar egiluvchan silfonlar yordamida texnalogik truboprovod 4 tizimi bilan 
biriktirilgan bo‘lib, ular bo‘ylab rezervuarlarga navbati bilan neft maxsuloti oqib 
keladi va ulardan navbati bilan to‘kiladi. Bu jarayonni boshqarishni operatorning 
buyrug‘iga ko‘ra elektroboshqariluvchi quyish A va to‘kish V ventillari yordamida 
mikrokantroller 5 amalga oshiradi. Tizimning kirishi va chiqishidagi maxsulot sarfi 
drossellar D orqali tartibga solinadi. S ventillar jarayonni avariya holatida to‘xtatiladi 
A va V ventillar vazifasini takrorlaydi. Bevosita quyib berish krani E orqali to‘kish 
operasiyalarida jarayonni ishga tushirish va to‘xtatish imkoniyati ko‘zda tutilgan. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


159 
Rezervuarlardagi maxsulot sathini nazorat qilish quyi QS va yuqori YUS sathlarining 
magnitoboshqariluvchi datchiklari yordamida, amalga oshiriladi. Sath datchiklari 
o‘zgartkichlaridan kelayotgan signallar va ventillar holatini bildiruvchi kvitirlovchi 
signallar mikrokantrollerga keladi va tizimni boshqarish uchun foydalaniladi uning 
holatini nazorat qilish va hamma quyib berilgan va qabul qilib olingan maxsulotni 
hisoblash uchun foydalaniladi. 
Neft maxsulotlarini quyib berishdagi tizimning ishlashini ko‘rib chiqamiz (4.23 
– rasm). Faraz qilaylik, masalan, boshlang‘ich paytda rezervuar 1a bo‘shatilgan, 
rezervuar 1b esa to‘ldirilgan bo‘lsin. Bu holda “Ishga tushirilsin” (“Pusk”) 
buyrug‘idan so‘ng to‘ldirilgan rezervuarning og‘irligi R
NV
ni aniqlash va uni xotiraga 
yozish ishi bajariladi, keyin bu rezervuarning V ventileni ochishga buyruq beriladi. 
1b rezervuardan maxsulot quyib olina boshlaydi. SHundan so‘ng 1a rezervuarni 
to‘ldirish ventili A ni ochishga buyruq berildadi. Bunda quyish tezligi tukish 
tezligidan ortiq bo‘ladi. SHuning uchun 1a rezervuardagi maxsulot sathi boshqa 
rezervuarni bo‘shatish jarayonida YUS datchigiga etid oladi. Bu datchikdan berilgan 
signalga binoan 1a rezervuarning A ventili berkitiladi va suyuqlikni hamda 
rezervuarni tinchlantirish uchun zarur bo‘lgan 
τ
vaqt o‘tgandan so‘ng kontroller 
to‘ldirilgan 1a rezervuarning R
NA
og‘irligini aniqlash va xotiraga olishni amalga 
oshiradi. Og‘irlikni aniqlash A va V ventillar berkitilgan holda, ya’ni statik rejimda 
amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tamiz. Bu xatolikning dinamik tashkil etuvchilari 
paydo bo‘lishining oldini oladi. SHu o‘lchashdan so‘ng 1b rezervuardagi maxsulot 
sathi datchikning QS holatigacha pasaygan va bu datchik ishlab ketgan paytda 
mikrokantroller 1b rezervuardan maxsulotni chiqarishni (to‘kishni) to‘xtatadi va shu 
bilan bir vaqtda 1a rezervuardan maxsulotni to‘kishni (chiqarishni) boshlaydi. Uning 
buyrug‘iga ko‘ra bir rezervuarning V ventili berkitiladi va ikkinchisining V ventili 
ochiladi. Tinchlantirish vaqti 
τ
o‘tgandan so‘ng 1b bo‘shatilgan rezervuarning R
EV
og‘irligini aniqlash va bir siklda berib yuborilgan maxsulotning R
1
=R
NV
– R
SV
porsiyasining og‘irligini hisoblash amalga oshiriladi. Og‘irlikning kilogramm 
hisobidagi qiymati indikasiyaga chiqariladi. So‘ng bo‘shatilgan 1b rezervuarni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


160 
to‘ldirish uchun A ventil ochiladi. YUS datchigidan kelgan signalga ko‘ra uni 
to‘ldirish to‘xtatiladi, 
τ
vaqtdan so‘ng to‘ldrilgan rezervuar og‘irligining yangi R
nv
qiymatini aniqlash va xotirlash amalga oshiriladi. Endi 1a rezervuardagi maxsulot 
sathi datchikning QS holatigacha pasaygandan so‘ng mikrokantroller 1a rezervuardan 
to‘kishni va 1b rezervuardan to‘kish boshlanishilishini bir vaqtda to‘xtatish uchun 
buyruq beradi, 
τ
vaqtdan keyin to‘kilgan (bo‘shatilgan) 1a rezervuarning R
sa
og‘irligini aniqlash, ikkinchi siklda berib yuborilgan maxsulotning R
2

R
na
-R
sa
porsiyasi og‘irligini hisoblash va berilgan maxsulotning yig‘indi og‘irligi R
1
+R
2
ni 
hisoblash amalga oshiriladi. Bu qiymat indikasiyaga chiqariladi. Keyin 1a rezervuarni 
takroriy to‘ldirish boshlanadi va sikl takrorlanadi. Keyingi har bir silkda berilgan 
(jo‘natilgan) maxsulot og‘irligining qiymati oldin berib yuborilgan maxsulot 
og‘irligiga qo‘shiladi va indikasiyalanadi. Maxsulotni berish boshqarish pultidan 
“To‘xta” (“Stop”) signaliga ko‘ra to‘xtatiladi. Berilgan maxsulotning maksimal 
miqdori amaldagi indikasiya sig‘imiga ko‘ra aniqlanadi. Tizimda u 100 t teng deb 
tanlangan, shuning uchun indikasiyaga oltita o‘nlik raqam chiqariladi (og‘irlik 
klogram hisobida). Berilgan maxsulotning to‘liq og‘irligi, indikasiyadan tashqari, 
ikkilik o‘nlik kod bilan (oltita xona) iste’molchilar bilan hisob – kitob qilish tizimida 
bundan keyin foydalanish uchun maxsus buferli registorga chiqariladi. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə