Umumiy doc


V bob. SUYUQLIK VA SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

V bob. SUYUQLIK VA SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI 
O‘LCHASH 
 
5.l-§. ASOSIY MA’LUMOTLAR VA TASNIFI 
 
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan 
jismlar bilan to‘ldirilish balandligiga aytiladi. 
Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, u haqdagi axborot 
texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab 
chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur hisoblanadi. Sath o‘lchash vositalari sath 
o‘lchagichlar deb ataladi. 
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi 
miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish 
uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat. 
Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) 
bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka etganda ishlay 
boshlaydi, ular signalizasiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi. 
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. 
Masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan 
moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosim) idishlarda 
ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va 
hokazo. 
Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. SHkalasiz 
asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi 
haqida mustaqil signal beradi. 
5.1 – jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan. 
 
5.1 – jadval 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


164 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə