Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə12/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
So\'z turkumlari

Sonning ma’noviy guruhlari:

Miqdor

Tartib

Sanoq (bir)




Dona (ikkita)




CHama (beshtacha)




Taqsim (uchtadan)




Jamlovchi (ettovlon)




Kasr (oltidan bir)




Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko‘ra guruhlarga bo‘lingan1. Litsey darsligida sonning ma’no turlariga ajratishda qisman farq bo‘lib, bunda sonni ikki guruhga ajratmasdan umumiy holda ma’no guruhlarini beradi, ya’ni miqdor va tartib sonlarga ajratilmaydi2. Son ma’no va gramatik xususiyatiga ko‘ra dastlab ikki guruhga bo‘linadi:


1) miqdor;
2) tartib.
Son so‘z turkumi aniq o‘lchov ifodalaydi va shu xususiyati bilan boshqa miqdor ifodalovchi so‘zlardan farqlanadi3.
Boshqa darsliklardan farqli ravishda ushbu kitobda kasr sonlar berilmagan va miqdor son bilan tartib sonlarning bir-biridan farqli tomonlari ochib berilgan:

  1. miqdor son ichki guruhlariga ega. Tartib son lug‘aviy mazmuniy to‘dasi bir vaqtning o‘zida lug‘aviy ma’no guruhi hamdir;

  2. miqdor sonlar hisob so‘z bilan qo‘llana oladi, tartib son esa bunday xususiyatga ega emas;

  3. miqdor sonlar juftlasha oladi, tartib sonda bunday xususiyat yo‘q;

  4. miqdor sonlarga (beshdan bir), (uchga bir) kabi birikmali qo‘llanish xos, tartib son uchun esa bunday xususiyat xos emas;

  5. miqdor sonlar ko‘plik shaklini olganda taxminiy miqdor bildiradi (uchlarda keldilar), tartib son esa bunday holda otlashib keladi (birinchilar – birinchi odamlar)4.

SH. Rahmatullaev talqinida esa sonlar quyidagicha beriladi5:

Sanoq son

Chama son


Jamlovchi son



Taqsim son

Dona son


Kasr son

YUqoridagi chizma va ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, kasr son maktab darsligida miqdor son tarkibida berilgan bo‘lsa, SH. Rahmatullaev kitobida alohida ma’no guruhi sifatida beriladi. R.Sayfullaeva soni butunning yoki qismning ifodalashiga ko‘ra deb quyidagi turlarga ajratadi:


1) butun son;
2) kasr son;
3) aralash son.
Butun son narsa miqdori yoki sanog‘ini uning butun holatida ifodalaydi (bir), (ikki ming).
Kasr son butunning bo‘lagini, ulushini ifodalaydi (ikkidan bir), (chorak), (yarim).
Aralash son butun yoki kasr sonning birligidan tashkil topadi (bir butun), (uchdan ikki)1.
Bizningcha, butun son va aralash sonni kasr son tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. CHunki har ikkalasi birlashib kasr sonni tashkil qiladi. Ular tur emas, kasrning elementlari, xolos.

Kasr son





Aralash son



Butun son

SHuningdek, R.Sayfullaeva sonning butun yoki qismni ifodalashiga ko‘ra turlarga ajratishni lug‘aviy ma’no guruhga ajratishdan farqlash lozimligini ta’kidlaydi.


Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi va bundan tashqari bosh shakl orqali ifodalangan miqdor nomlariga sanoq son deyiladi.
Sanoq son predmetni sanash, donalab ko‘rsatish uchun ishlatiladi va u morfologik ko‘rsatgichga ega emas. Ular qo‘shma sifat hosil qilishi mumkin: besh yashar bola, uch chaqirimli yo‘l.
Sanoq sonlar sirasida “bir” so‘zi qo‘llanish va vazifasi jihatidan qator o‘ziga xoslikka ega:

  1. miqdor ma’nosi: YAna bir gapni ayting (S.Nur);

  2. noaniqlik ma’nosi: Bir o‘zbek yigiti so‘zlay boshladi (Oybek);

  3. harakat ma’nosi: Mashina bir lapanglab ilgariladi (S.Ahmad);

  4. mo‘ljal ma’nosi: Ertaga bir dam oling;

  5. bir xil ma’nosi: Tiling bilan tilingni bir tut;

  6. kuchaytirish ma’nolari: YOmg‘ir bir yog‘di;

  7. navbatma-navbat ma’nosi: Bola bir bizga qaraydi, bir otasiga qraydi;

  8. o‘xshashlik ma’nosi: U mening birim;

  9. jo‘nalish kelishigida “birgalik” ma’noli ravishga o‘tadi: Birga ishlamoq;

  10. chiqish kelishigida “to‘satdan ma’noli ravishga o‘tadi: Birdan qichqirib yubordi;


  11. Yüklə 0,75 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə