Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə10/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
So\'z turkumlari

Asliy va nisbiy sifatlar. Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan asliy sifatlar deyiladi. Masalan: go‘zal.
Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sifatlarga nisbiy sifat deyiladi1.
Litsey darsligida berilmagan.
Belgining xususiyatiga ko‘ra sifat 2 ga bo‘linadi.

  1. asliy sifatlar;

  2. nisbiy sifatlar.

Asliy sifat predmetning turg‘un, nisbatlanmaydigan va darajalanadigan belgisini ifodalaydi.
Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet belgi, miqdor, o‘rin va harakatga nisbatan ifodalaydi. Nisbiy sifatda ifodalanish, qiyoslanish bo‘lmaydi. Ammo u daraja belgisiga ega bo‘lgan ravishdan asosan predmet belgini bildirishi bilan farqlanadi2.
Sifat darajalari. Maktab darsligida sifatning darajalariga quyidagicha ta’rif beriladi: “Belgining ortiq yoki kamligi jihatidan farqlanish sifat darajalari deyiladi”.
Sifatning 4 ta daraja shakli bor:

  1. oddiy daraja;

  2. qiyosiy daraja;

  3. ozaytirma daraja;

  4. orttirma daraja3.

Litsey darsligida 3 ta darajada shakli beriladi4:
1) oddiy daraja;
2) ozaytirma daraja;
3) ottirma daraja.
Oliy ta’limda ham sifatning 3 ta daraja shakli berilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, qiyosiy daraja faqat maktab darsligida berilgan bo‘lib, qiyosiy daraja hosil qiluvchi shaklni ozaytirma daraja tarkibida beradi. Bundan tashqari orttirma daraja shakllarini quyidagicha beriladi:

  1. oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g‘oyat, juda, nihoyatda, bag‘oyat so‘zlarini keltirish orqali hosil qilinadi;

  2. oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo‘g‘ini tovush o‘zgarishi bilan takrorlanadi: bus-butun1.

Litsey darsligida bunga qo‘shimcha tarzda bir yoki ikki unlini cho‘zish yo‘li bilan hosil qilish mumkinligi beriladi: a:chchiq-achchiq2.
Oliy ta’lim darsligida unlini cho‘zish orqali ham orttirma daraja hosil qilish mumkinligi ta’kidlanadi (faqat cho‘zilayotgan unli urg‘u olsagina).
Bundan tashqari belgining ortiq darajasi analitik shaklda ham hosil qilinadi. Bu shakl ikki uzvli, birinchi uzvni chiqish kelishigi shaklida qo‘llash orqali. Masalan: uzundan- uzoq3.
Oliy ta’lim darsligida sifat leksemani takrorlab ham orttirma daraja hosil qilinishi haqida quyidagi misollar beriladi: leksema+ayni shu leksema=yirik-yirik4.
Ozaytirma daraja 2 xil yo‘l bilan hosil qilinadi:
1) sifat oxiriga -roq, - (i)sh, -(i)mtir qo‘shimchalarini qo‘shish orqali;
2) sifat oldidan biroz, sal, nim, och so‘zlarini keltirish orqali5.
Rang bildiruvchi ayrim sifatlarda qo‘llanuvchi -(i)sh, -(i)mtir shakllar belgining kuchsiz darajasini bildirmaydi. Masalan: oqish so‘zi oq rangning, qoramtir so‘zi qora rangining kuchsiz darajasi emas, balki oq, qora bo‘lmagan, ularga o‘xshash bo‘lgan rang turidir6.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə