Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə24/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
So\'z turkumlari

Ravishning ma’no turlari. Ravish so‘z turkumi ma’nosiga ko‘ra:

  1. holat ravishi;

  2. payt ravishi;

  3. o‘rin ravishi;

  4. miqdor-daraja ravishi;

  5. maqsad-sabab1.

Akademik litsey darsligida esa maqsad ravishining o‘zi beriladi va sabab ravishi berilmaydi2.
Oliy ta’lim darsligida ham xuddi shunday ma’no turlari beriladi (SH.Rahmatullaev darsligida berilmagan).
Boshqa turkumda bo‘lgani kabi ravishning ham ko‘p ma’noligi ularni ma’no guruhiga ajratishda qiyinchilik tug‘diradi. Masalan: nari-beri ravishi o‘rinni ham (stolni nari-beri surdik), holatni ham (u nari-beri nonishta qildi) v.b. ifodalaydi.
R.Sayfullaeva o‘zbek tilshunosligidagi mavjud qarashlardan farqli ravishda miqdor bildiruvchi ravish hisoblangan oz, ko‘p so‘zlarini ravish emas, balki miqdor bilduruvchi sifat deya baholaydi. Buning uchun ravishlarning o‘zgarmasligi, darajalanmasligi asos qilib keltiriladi. SHuningdek, olima (shuningdek, SH.Rahmatullaev ham) tomonidan o‘zbek tilshunosligida ravish derevatsiyasi munozarali ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bir qator olimlar ravishlarning yasalish sistemasiga ega ekanligini ta’kidlasa, yana bir qator olimlar uning yasalish sistemasi mavjud emasligini, -an, -ona morfemalari bilan yasalgan ravishlar faqat o‘zlashgan so‘zlarni tashkil etishi, ularning o‘zbek tiliga xos unsurlar emasligini alohida ta’kidlaydilar.
Xullas, ravish hamisha tilshunoslikning muammoli masalasidan bo‘lib kelgan. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham bu borada bir talay muammolar mavjud bo‘lib, bunday muammolar mavjudligining sababini V.V.Vinogradovning ushbu so‘zlari bilan ma’lum darajada izohlash mumkin: “mustaqil so‘zning hech bir guruhiga sig‘may qolgan so‘z ravish turkumiga yig‘ilgan”.


2.7. Bob bo‘yicha xulosa.

1. Ko‘makchilarni so‘z turkumi sifatida emas, otning noparadigmatik formasi sifatida o‘rganish masalasi jiddiy tarzda o‘rganilishi lozim.


2. Sifatlar darajalari, shuningdek, asliy va nisbiy sifatlar yuzasidan bildirilayotgan mulohazalarni maxsus o‘rganish lozim, deb hisoblaymiz.
3. Fe’lning ma’no turlari, mayl, nisbat kategoriyasi yuzasidan mavjud turli qarashlarni umumlashtirish. SHuningdek, fe’lning vazifadosh shakllariga “o‘zgalovchi kategoriya” hamda “lug‘aviy-sintaktik shakl yasovchi morfema” sifatida yondashish (R.Sayfullaeva), harakat nomini esa “otdosh” deb atash (SH.Rahmatullaev) borasida aniq bir to‘xtamga kelish lozim.
4. Olmoshning yasalish xususiyati tadqiqi tilshunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
5. O‘zbek tilshunosligida ravishlarning yasalishi, mazkur so‘z turkumining yasalish sistemasi mavjudligi, ravishlarning o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmasligi borasida darsliklarda bildirilayotgan turli-tuman qarashlar bu borada jiddiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə