Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə22/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
So\'z turkumlari

Bo‘lishsizlik olmoshi. So‘roq olmoshlari va bir, narsa, nima so‘zlari oldidan hech so‘zining qo‘llanilishi natijasida bo‘lishsizlik olmoshlari hosil bo‘ladi: hech kim, hech nima v.b.4.
SHaxs-narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so‘zlar o‘rnida kelib, uning inkorini bildiradi. Mustaqil so‘z o‘rnida kelib, uning inkorini bildirgan olmoshlarga bo‘lishsizlik olmoshlari deyiladi.
Bo‘lishsizlik olmoshi ma’no jihatidan tasdiqqa nisbatan zidlikni bildiradi va hech so‘zi bilan hosil bo‘ladi.
Olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin:

Olmoshlar

SHakllar






Sodda

Qo‘shma

Juft

Takroriy



Kishilik

men, sen

-

-

-

Ko‘rsatish

bu,shu

ana bu

u-bu

o‘sha-o‘sha

O‘zlik

O‘z

-

-

o‘z-o‘zini

So‘roq

kim? nima?

nima uchun

-

kim-kim

Belgilash

hamma, bari

har kim

-

barcha-barcha

Bo‘lishsizlik

hech

hech kim

-

-

Gumon

-

allakim

-

-

Tilshunoslikda olmosh derevatsiyasi muammoli masala bo‘lib, ba’zi tilshunoslar olmoshni yasaladi desalar, yana bir guruh tilshunoslar bunga qarshi fikr bildiradilar. R.Sayfullaeva darsligida allakim, kimdir kabi olmoshlar affiksatsiya usuli bilan, ana bu, bu, kim-kim, u-bu kabi olmoshlar kompozitsiya usuli bilan yasalganligi ta’kidlanadi.


Xullas, olmosh turkumi birliklari semantik va grammatik jihatdan turli-tuman: qaysi turkum birligiga olmosh bo‘lsa, o‘sha turkum tabiatiga ega bo‘ladi. Olmosh deb turkumlash semantik va grammatik belgi asosida emas, balki biror turkum birligi o‘rnida ishlatilishi asosida amalga oshiriladi. Olmosh turkumi o‘zida bir necha turkum xususiyatlarini birlashtiradi. Ko‘rinadiki, olmosh turkumini leksik ma'no anglatadigan turkumlar orasida emas, balki ulardan ajratib, ular uchun umumiy turkum sifatida joylashtirish to‘g‘ri.


Olmoshning yasalish xususiyati tadqiqi tilshunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan.


2.6. Ravish so‘z turkumi.
Ravishning ma’no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin turishi arab va Evropa tilshunosligida qayd etilgan. SHarq va g‘arb tilshunosligi ravishni ma’no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa birortasiga xos bo‘lmagan belgi – o‘zgarmaslik belgisi bilan ismdan farqlaydi. Biroq o‘zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag‘ishlab yozilgan ko‘plab ilmiy adabiyot va darslikda ravishning o‘zgarmaslik tabiati inobatga olinmagan. Tilshunoslar o‘zbekcha ravishni rus tilidagi «narechie»ning muqobili sifatida talqin qilishgan, natijada [kecha], [kunduz], [tong], [oqshom] kabi payt oti, [atrof], [o‘rta], [u erda], [bu erda], [old], [orqa] kabi o‘rin oti, [oz], [mo‘l], [butun], [to‘la] kabi miqdor sifati, [keyin], [past], [baland], [yuqori] kabi o‘rin sifati ravish turkumi doirasida o‘rganilgan. Vaholanki, ravish – mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘z. U belgi, miqdor yoki holatni, o‘rin, payt ma’nocini ifodalaydi va bu jihatidan ot, sifat, songa yaqin turadi. Ulardan farqli jihati shundaki, so‘z o‘zgartiruvchi, shakl yasovchi qo‘shimcha bilan birika olmaydi. Masalan, ot ko‘plik, sifat daraja shaklini qabul qiladi. Masalan, [tongda], [oqshomda], [kunduzlari], [ko‘proq], [ozroq], [balandroq] kabi. SHu bois, Ravish turkumini talqin qilishda o‘zgarmaslik xususiyatini e’tiborga olish uning so‘z turkumi sifatidagi xususiyatini belgilashda qator qarama-qarshilikka nuqta qo‘yadi1.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə