Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə30/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
So\'z turkumlari

3.5. Modal.

Modal so‘zlar bayon qilinayotgan fikrga so‘zlovchining ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish munosabatlarini yoki fikrning tartibi, xulosasini bildiradi.



Ma’no turi

Modal so‘z

Ishonch

Albatta, shaksiz

Gumon

Ehtimol, balki,chamasi, shekilli

Tasdiq

Darhaqiqat, haqiqatan

Fikrni xulosalash

Xullas,demak, umuman

Fikrni tartibi

Avvalo, avvalambor

Fikrni dalillanishi

Masalan, jumladan

Achinish

Attang, afsus

Quvonch

Xayriyat

Modal so‘zlar sof modal va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi.
Faqat modal ma’no uchun xoslangan so‘zlar sof modal so‘zlar sanaladi: haqiqatdan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan. Modal ma’noda ham qo‘llangan aftidan, balki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi. CHunki ular bosh so‘z turkumlaridan unib chiqqan1.
Modal so‘zlar borliqdagi narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlarni nomlaydi. SHu bilan birgalikda yordamchi so‘zlarga o‘xshab, sof grammatik ma’no ham ifodalamaydi2.
Modal so‘lar gapshaklga bir butun holda qo‘shilib, so‘zlovchining o‘zi anglatayotgan fikrning aniqligiga, chinligiga, ishonch darajasini, voqelikdan taajjublanishini, afsuslanishini ifodalaydi3.
Modal so‘zlar R. Sayfullaeva darsligida so‘z-gap tarkibida beriladi4.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə