Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə29/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
So\'z turkumlari

3.4. Undov.

Ma’lumki, undov so‘zlar akademik litsey darsligida oraliq so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi.


His-hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so‘zlar undov so‘zlar sanaladi.
Undovlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

  1. his-hayajon undovlari;

  2. buyruq- xitob undovlari.

His-hayajon undovlari kishilarning quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, norozilik, g‘zab-nafrat, og‘riq kabi hissiyotlarni ifodalaydi.
His-hayajon undovlarining o‘zi undov gap bo‘lib kelishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin. Bunday gaplar oxiriga doim undov belgisi qo‘yiladi.
Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to‘xtatish uchun qo‘llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari deyiladi1.
Undov so‘zlar ham xuddi modal so‘zlar kabi qo‘shimchalar olib o‘zgarmaydi. Masalan: hoy so‘zi kelishik, egalik qo‘shimchalarini olmaydi. Unga yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilib, yangi so‘z yasalmaydi. Ayrim undov so‘zlar otlashganda, ya’ni ot vazifasida qo‘llanganda, egalik qo‘shimchalarini olishi mumkin: Ohi olamni tutdi. Bu o‘rinda ohi nimasi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, oh deyishning, nola qilishning nomini bildirib kelyapti.
Undovlar boshqa so‘zlar bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Ba’zan kishilarning undov so‘zlar orqali ifodalangan his-hayajonini, buyruq- xitobini tasvirlash uchun undov so‘zlarga demoq, solmoq, urmoq, tortmoq singari fe’llar qo‘shilib keladi va qo‘shma fe’llar hosil bo‘ladi: dod solmoq, oh urmoq.
Undovlar undov ohangi bilan ajralib turadi, lekin undov ohangi xilma-xildir. Bir undov so‘z turli ohang bilan talaffuz qilinib, turli xil ma’nolarni ifodalashi mumkin: hay-hay (qanday mazali rohatlanish), hay-hay (tegma, buyurish), Hay-hay yigitlar, bu yoqqa! (undash, ta’kidlash), Hay-hay shakkoklok qilmang (fikrdan qaytarish, hayrat) v.b.
Nutq jarayonida so‘zlovchilarning yoshi, amali nuqtai nazaridan undovlardan foydalanish ham ma’lum darajada farq qiladi. Xususan, o‘zidan katta yoshdagilarga murojaat qilinganda yoki ma’lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo‘l ostida ishlayotgan shaxslar “hoy” deb murojaat etmaydi yoki “balli” undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan manmunligini ifodalash, ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi, lekin kishilar tomonidan kattalarning ishlariga bunday undov orqali baho berilmaydi1.
SH.Rahmatullaev grammatik birliklarni turkumlashda undovlarni bog‘lovchi, yuklama, modal so‘zlar qatoriga qo‘shadi. “Undov bilan qanday his-hayajon ifodalanayotgani ko‘pincha aniq bo‘lmaydi, undovdan keyin keladigan jumlaning mazmuni undov qanday his-hayajonni ifodalashini ko‘rsatib turadi. Bundan tashqari SH.Rahmatullaev undovlarni “tovush birliklari” deb beradi. Adabiyotlarda undovlarning ikkinchi ma’no turi deb “xitob birliklari” aytiladi. Bular “his-hayajon birliklari”dan keskin farq qiladi. SHunga ko‘ra, ikki guruhga ajratiladi:

  1. harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlar: chu, tss, xix;

  2. harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar: dirr, tak, ish.

Undovlarning alohida guruhi deb, kishilar orasidagi muomala- murojaat birliklari keltiriladi2.
Kishilarning his-tuyg‘usini haydash, to‘xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so‘z-gap ko‘rinishi undov so‘z-gap deya tavsif beradi R.Sayfullaeva.
Undovlarning alohida gurihi deb, kishilar orasidagi muomila-murojaat birliklari keltiriladi. Undovga aylanmagan, hali leksemalik xususiyatini yo‘qotmagan bu birliklarni undovga kiritish shartli bo‘lib, quyidagi ma’nolarni bildirishi lozim:

  1. ko‘rishishni, xayrlashishni bildiradi: assalomu alaykum, xayr;

  2. tabrik, istak, minnatdorlik va unga javob: rahmat, arzimaydi;

  3. biror faoliyatni ko‘tarinki ijobiy baholashni bildiradi: barakallo, ofarin.

R.Sayfullaeva darsligida undovlarning alohida guruhi undovlar tarkibida emas, balki so‘z-gap tarkibida beriladi1. Undovlarning tuzilishi jihatdan turini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin:



Undov turlari


Sostavli undovlar



Sodda undovlar





B ir unli harfdan: o,e,a.




Qo‘shma: o‘hho‘, voey.



Unli-undosh yoki undosh- unli harfdan: oh, ey, ox.



Juft: voy-voy, bay-bay.



Ikki unli bir undoshdan yoki ikki udosh bir unlidan: hoy, ehe.


Undovlarning ma’no turlari quyidagi jadval orqali ifodalangan:



Emotsional undovlar



Buyruq-xitob undovlar





Harakatni bajarishga undash yoki bajarmaslikka undash undovlari



Ko‘rsatishni ifodalovchi: ho‘v, huv, hu.





Minnatdorchilikni ifodalovchi: rahmat, balli.


Xullas, o‘zbek substansial tilshunosligida so‘z-gaplashgan (modallashgan: chamasi, chog‘i, ehtimol; undovlashgan: ura, olg‘a, dod, voydod; tasdiq/inkorlashgan: bo‘pti, ma’qul, aksincha, mutlaqo; taklif/ishoralashgan: qani) so‘zlar, so‘z-gaplashayotgan (modallashayotgan: balki, hatto, aftidan; undovlashayotgan: yashang, voy o‘lay; tasdiq/inkorlashayotgan: durust, to‘g‘ri, rost, aslo, hargiz; taklif/ishoralashayotgan: mana mundoq) so‘zlar, so‘z-gapsimon (modalsimon: shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, xudo saqlasin; undovsimon: asalim, oppog‘im, ey, do‘stlar; tasdiq/inkorsimon: xuddi shunday, hech qachon, noto‘g‘ri; taklif/ishorasimon: boshlang) sÿz-gapga ajratilib, mufassal o‘rganilgan. Lekin uning barcha darsliklarga tatbiqi masalasi to‘la-to‘kis bajarilmagan.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə