Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə26/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
So\'z turkumlari

3.2. Bog‘lovchi.

Gapning uyushiq bo‘laklarini va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchi deyiladi: va, ammo, yo…yo singari1.


Ikki va undan ortiq gap bo‘lagi yoki gaplarni o‘zaro bog‘lab keluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchilar deyiladi2.
Bog‘lovchi sintaktik aloqa vositasi bo‘lib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari teng munosabatni hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog‘lovchi gap bo‘laklari, qo‘shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqani, grammatik munosabatni ko‘rsatadi3.
Bog‘lovchi leksema shakllar va gap shakllar orasidagi sintaktik munosabat ta’minlaydi va ma’lum grammatik ma’noni ifodalaydi.
Vazifasiga ko‘ra, teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi:

Teng bog‘lovchilar

Ergashtiruvchi bog‘lovchilar

Biriktiruv (va)
Zidlov (ammo)
Ayiruv ( yo…yo)



Aniqlov (ya’ni)
Sabab (negaki)
SHart (agar)

Inkor (maktab, na…na)

CHog‘ishtiruv (litsey, go‘yo)

Uyushiq bo‘laklar, o‘zaro teng munosabatdagi gaplarni bog‘lab keluvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar hisoblanadi. Teng bog‘lovchilar uyushiq bo‘lak va gaplarni bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro‘yobga chiqaradi.


Uyushiq bo‘laklarni va uyushiq gaplarni o‘zoro biriktirib keluvchi bog‘lovchilar biriktiruv bog‘lovchilari sanaladi: va, hamda sof bog‘lovchilari, bilan ko‘makchi-bog‘lovchisi, -u, -yu, -da, ham yuklama-bog‘lovchilari.
Bular ham bog‘lovchi vazifasida takror holda qo‘llanadi: -u, (-yu), -da o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratiladi, lakin uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi: O‘qidi-yu, tanidan chiqib ketdi muzdek ter.
O‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan birining boshqasidan ayirib ko‘rsatuvchi bog‘lovchi ayiruv bog‘lovchilari sanaladi. Masalan: yo…yo, bir…bir, goh…goh. YO bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘or ishini (CHo‘lpon).
O‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uyushiq bo‘laklar yoki gaplarni bir- biriga bog‘lab keluvchi ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari zidlov bog‘lovchilari sanaladi. Balki so‘zi, ko‘pincha, zidlov bog‘lovchisi o‘rnida qo‘llaniladi: Bu jarang-jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas, balki xayolini chalg‘itib, unga orom bag‘ishlardi.
Uyushiq bo‘lak va gaplarni, inkor ma’nosini yuklagan holda, bog‘lovchi na…na yordamchisi inkor bog‘lovchisi sanaladi. Bunda gapning kesimi tasdiq ma’nosida bo‘ladi: Na qo‘shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi1.
Akademik litsey darsligida inkor bog‘lovchisi berilmagan. Teng bog‘lovchisining faqat biriktiruv, zidlov, ayiruv kabi turlari berilgan…2
Oliy ta’lim darsligida ham inkor, teng bog‘lovchisi berilmagan3.
O‘zaro tobe munosabatida bo‘lgan gap bo‘lagi va gaplarni bog‘lash uchun ishlatiladigan bog‘lovchilar ergashtiruvchi bog‘lovchilar sanaladi. CHunki, ya’ni, agar, garchi singari so‘zlar ergashtiruvchi bog‘lovchilardir4.

Ergashtiruvchi bog‘lovchilarning turlari

Vazifasi



Misol



Aniqlov bog‘lovchisi

Gap bo‘laklari va gaplarni tobelashtirib bog‘laydi.

YA’ni

Sabab bog‘lovchisi

Gaplarni o‘zaro tobelantirib bog‘laydi, ular o‘rtasida sabab ma’nosini ifodalaydi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə