Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə28/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
So\'z turkumlari

3.3. YUklama.

S o‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, o‘xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so‘z va qo‘shimchalarga yuklamalar deyiladi. YUklamalarga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go‘yo(ki), naq, hech, sira, nahotki, na…na so‘zlari; 2) -mi, -chi, -gina, -dir, -u(-yu), -da, -a singari qo‘shimchalar kiradi1.


YUklamalar so‘z va gaplarning bir-biriga bo‘lgan sintaktik munosabatini ifodalamaydi: Faqat o‘qishni o‘ylaydi jumlasidagi faqat yordamchisi o‘qishni so‘zini boshqalardan ayirib, bo‘rttirib, ta’kidlab kelyapti. SHuning uchun ham bu jumla zamirida boshqa narsani o‘ylamaydi degan ma’no yashiringandir. Ana shu yashirin ma’noga ishora faqat yordamchisi orqali seziladi. Agar mazkur jumla tarkibidan faqat yordamchisini olib tashlasangiz, yuqoridagi yashirin ma’no ham xiralashadi2.
YUklamalar funksional “bog‘lash” belgisiga nisbatan beqaror, o‘zgaruvchan sanaladi, ya’ni unda bog‘lash belgisi bo‘lishi ham mumkin, bo‘lmasligi ham mumkin3. YUklama, asosan, gap shaklga bir butun holda, ba’zan biror sintaktik bo‘lakka qo‘shilib so‘roq, ta’kid, taajjub kabi grammatik ma’nolarni ifodalaydi.


















Nisbiy yuklamalarga yolg‘iz, ba’zan, tanho, bir kabilar kiradi1.


YUklamalarning ma’no turlarini quyidagi ajval orqali ko‘rishimiz mumkin:

7-sinf darsligi

Akademik litsey darsligi

Oliy ta’lim
R.Sayfullaeva

Oliy ta’lim
SH.Rahmatullaev

So‘roq-taajjub

So‘roq-taajjub

So‘roq

So‘roq va taajjub

Kuchaytiruv- ta’kid

Kuchaytiruv- ta’kid

Ta’kid

Kuchaytiruv va ta’kid

Ayiruv-chegaralov

Ayiruv-chegaralov

Kuchaytiruv

Ayiruv va chegaralov

O‘xshatish-qiyoslash

_

O‘xshatish-qiyoslash

Aniqlov

Gumon

Gumon

_



Gumon

Inkor

Inkor

Inkor

_



Gapning mazmuniga so‘roq-taajjub ma’nosini yuklovchi yordamchi so‘zlarga so‘roq yuklamalari deyiladi.


O‘zi qo‘shilayotgan so‘zning ma’nosini ayirib-chegaralab keluvchi faqat va -gina (-kina, -qina) yuklamalari ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi: Toki odamlar meni ko‘rmasin, faqat mehnatimni ko‘rishsin.
Gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-ta’kid yuklamari hisoblanadi:
Bular ona yurtning erkalari-da,
Bular ertagi kun egalari-da! (Mirtemir)
So‘z yoki gapga o‘xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklovchi xuddi, go‘yoki kabi yordamchi so‘zlar o‘xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi:
CHaqnasa ham xuddi yulduz
O‘zi juda epsiz qo‘ng‘iz. (Mirtemir)
Gap mazmuniga gumon ma’nosini yuklovchi -dir qo‘shimchasi gumon yuklamasi hisoblanadi.
Gap mazmunidagi inkor ma’nosini uqtiruvchi hech, sira, aslo, na…na kabi so‘zlar inkor yuklamalari sanaladi:
Ko‘nglimni tutolmas na ov, na o‘yin,
Nimanidir izlardim bilmayman o‘zim. (Mirtemir)
Nahot(ki) yuklamasi so‘roq bilan taajjub ma’nosini ifodalaydi:
Nahot Otaqo‘zi… boshiga ko‘tarib yurgan Jamol Bo‘riboev shu odam bo‘lsa?! (O. YOqubov)
Ham yuklamasi ta’kid ma’nosini ifodalaydi: Orqa aravadagilar ham erga tushib, olomon tomon kela boshladilar. (H. G‘ulom)
Esa yuklamasi ta’kid ma’nosini eslatish ma’no qirrasi bilan birgalikda ifodalaydi: Ko‘pchilik unga so‘z berilishini talab qilar, rais esa bosh tortar edi. (A.Qahhor)
Hatto yuklamasi ta’kid ma’nosini kuchli darajada ifodalaydi: Keyin-keyin Salimxon uning fikriga tushuna boshladi, hatto ba’zi bir masalalarda u bilan bahslashadigan bo‘ldi. (A.Qahhor)
Xuddi yuklamasi “ta’kidlab o‘xshatish” ma’nosini ifodalaydi: SHerzodning ko‘nglidagi istak ham xuddi shunaqa arzimagan narsadan boshlanadi. (O‘ Hoshimov)
-ku yuklamasi ta’kid ma’nosini “hissiyot” ma’no qirrasi bilan birgalikda ifodalaydi: Bu ishning har bir varag‘idan shaxsiy g‘araz hidi keladi-ku! (A.Qahhor)
Faqat yuklamasi “chegaralab-takidlash” ma’nosini ifodalaydi: Kulolning ko‘zlari hech nimani ilg‘amay faqat qizchani ko‘rayotgandek edi. (A.Muxtor)
-gina yuklamasi “faqat” ma’nosini ta’kidlab ifodalaydi: SHundagina Farida boshini ko‘tardi-da, …auditoriyaga bir daqiqaga qiziqsinib qarab qo‘ydi. (O‘ Hoshimov)
-dir yuklamasi “taxmin” ma’nosini ifodalaydi: Men bu kitobni o‘qimagandirman.
Na…na yuklamasi “ta’kidli inkor” ma’nosini ifodalaydi: Qani miyasiga urib darg‘azab bo‘lib ketganidan na ko‘zini uqalash, na ust-boshini qoqish xayoliga kelar, atrofga alanglar edi. (A.Muxtor)
Xullas, darsliklarda yuklamalarning ma’no turlari turlicha berilgan.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə