Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə31/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
So\'z turkumlari

3.6. Taqlid.

Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar hisoblanadi. Taqlid so‘zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:



  1. tovushga taqlid so‘zlar;

  2. holatga taqlid so‘zlar.

Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so‘zlar tovushga taqlid so‘zlar sanaladi: g‘a-g‘a (o‘rdak ovoziga taqlid), di-dit (mashina signaliga taqlid).
Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so‘zlar holatga taqlid so‘zlar sanaladi: lip-lip (chiroq holatiga), jimir- jimir (suv).

  1. Nomoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi (X.To‘xtaboev) = holat;

  2. To‘rtta savag‘ich bilan tap-tap urib, par singari qilib turibdi (Oydin) = tovush1.

Tabiatda insondan tashqari juda ko‘plab tirik jonzotlar yashaydi. Ularda ham o‘ziga xos nutq apparati mavjud. Mana shu nutq apparati yordamida ular turli-tuman ovoz chiqaradilar: Itlarning vovullashi, mushukning miyovlashi, tovuqning qoqolashi hech birimizga yot emas.
Bundan tashqari, tevarak-atrofimizda beadad voqea va hodisalar sodir bo‘lib turadi. Narsalar bir-biriga tegadi, uriladi. Natijada har xil tovush ovozlar hosil bo‘ladi. Inson o‘z faoliyatida mana shu ovozlarga taqlid qilishga urinadi.



Taqlid so‘zlar



Tovushga taqlid



Fiziologik tovushga taqlid: qah-qah, xir-xir, miyov-miyov.



Ko‘rinishga taqlid



Harakatni ifodalovchi taqlid:dik-dik, lik-lik, ship-ship.



Tashqi ko‘rinishni ifodalovchi taqlid:hil-hil, jiq-jiq, mo‘lt-mo‘lt.





Fizik tovushga taqlid: tap-tup, taqur-tuqur, tipir-tipir.



YOrug‘likni ifodalovchi taqlid:lip-lip, jimir-jimir, yalt-yult.

Taqlid so‘zlar egalik va kelishik qo‘shimchalarini oladi, turlanadi, gapda ot bajargan vazifalarda keladi: SHamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi. Daryoning shuv-shuvidan quloqlarimiz ketib qolayozdi.


Taqlid so‘zlarning barchasidan fe’l yasaladi: shovullamoq, gumburlamoq1.
Taqlid so‘zlar oliy ta’lim tizimida mustaqil so‘z sifatida beriladi.
Taqlid o‘zbek tilida bir guruhni tashlkil etadi va mustaqil so‘z sirasidan o‘rin olgan. Buning bir necha ilmiy asosi bor.
Birinchidan, turkiy tillarda taqlid miqdoran ko‘p va ma’no jihatdan rang-barang.
Ikkinchidan, ulardagi tovushlar tizimi ma’lum bir obektiv voqelikdan xabar berib turadi.
Uchinchidan, taqlid gap tarkibida ma’lum bir sintaktik pozitsiya egallaydi.
Taqlid o‘zbek tilining muhim ifoda vositasi. Ularning ifoda tomoni mazmun tomoni bilan tabiiy bog‘lanishga ega. Bu quyidagi so‘z qatorini qiyoslash asosida hosil bo‘ladi:

  1. taq-tiq | tuq-tuq | to‘q-to‘q | taq-taq;

  2. liq-liq | luq-luq | lo‘q-lo‘q | laq-laq;

  3. tirs-tirs | tars-tars | tars-turs.

Ko‘rinadiki, fonetik qiyofasi tor unli va qattiq undoshdan iborat bo‘lgan taqliddagi belgi darajasi keng unli va qattiq undoshdan iborat taqlid ifodalagan belgidan past. Bu taqliddagi shakl va mazmunning tabiiy bog‘lanishini ko‘rsatadi.
Taqliddagi ma’noviy g‘ayrioddiylik uni boshqa mustaqil so‘z turkumidan ajratib turadi. Biroq ma’noviy g‘ayrioddiylik faqat taqlidgagina xos emas. Buni olmoshda ham kuzatish mumkin. CHunki ularning ma’nosi faqat matn tarkibidagina anglashilib, shu boisdan “ichi bo‘sh” so‘z sifatida baholanadi. Ammo “ma’noviy bo‘shliq” olmoshning mustaqil so‘z sifatida qarashga monelik qila olmagan. Demak, bu nomustaqil so‘z sifatida qarab kelingan taqlidning ham mustaqillashuvi”ga to‘siq bo‘la olmasligi kerak1.
Taqlid morfologik jihatdan o‘zgaruvchan, bu bilan to‘la ma’nodagi mustaqil so‘z bo‘lgan ravishdan ham ustun turadi: odamlarning g‘ovur-g‘uvuri, eshikning taqir- tuquri kabi.
SH.Rahmatullaev taqlid so‘zlarni «tasvir birliklari» deb ataydi. Unga voqelikdagi turli tovushlarning, harakat-holat ko‘rinishlarining til tovushlari vositasidagi ramziy ifodasiga tasvir birliklari turkumi deb yondashadi va quyidagicha izoh beradi: adabiyotlarda bu birliklar, ko‘pincha, taqlid so‘zlar deb nomlanadi. Aslida taqlid boshqa, tasvir boshqa hodisa. Kishi biror hayonning, masalan, mushukning tovushini taqlid qilib qaytarishi mumkin, lekin mushuk chiqaradigan tovushning o‘zida taqlid qilish yo‘q, kishi o‘z tilidagi tovushlar vositasida mushuk chiqara oladigan tovushning ramziy ifodasini hosil qiladi. Harakat-holat ko‘rinishining ramziy tovush ifodasiga nisbatan esa, taqlid izohi umuman to‘g‘ri kelmaydi. Demak, bunday birliklarni bir butun holda tasvir birliklari deb nomlash to‘g‘riroq.
Voqelikdagi turli tovushlar deganda til tovushlaridan boshqa tovushlar tushiniladi. Kishi bu tovushlarni o‘zi eshitib, o‘z tilidagi tovushlar vositasida tasviriy ifodasini hosil qiladi. Bunday tasviriy ifoda voqelikdagi tovushning aynan o‘zi bo‘lmaydi: miyov tasvir birligi mushukning miyovlashiga aynan teng emas, albatta, shunga ko‘ra, ramziy ifoda deyiladi. Kishi voqelikdagi harakat-holatning turli ko‘rinishini ko‘rib, til tovushlari bilan ularning ramziy tasvirini hosil qiladi. Bu erdagi tovush ramzi o‘ta shartli bo‘ladi.
Tasvir birliklarining ifoda jihati bo‘lib, til tovushlari xizmat qiladi; mazmun jihati – ular bog‘lanadigan voqelikning nomi ekanligidir. Masalan, miyov tasvir birligi mushuk chiqaradigan tovushning, yalt-yult tasvir birligi leksik ma’no anglatmaydi, faqat voelikning nomi bo‘lish vazifasini bajaradi. SHu jihati bilan leksemalardan farqlanadi.
Tasvir birliklari tovush tasviri birliklariga va harakat-holat tasviri birliklariga ajratiladi: o‘xo‘-o‘xo‘, qu-qu, hil-hil, milt-milt.
Tasvir birliklarining ko‘p qismini tovush tasvir birliklari tashkil qiladi va quyidagi ma’no turlarga ajratiladi:

  1. kishi yo‘talganda, kulganda, hayojonlanganda va boshqa holatlarda chiqaradigan tovushning ramziy ifodalari: o‘xo‘-o‘xo‘, xa-xa-xa, hiring- hiring;

  2. hayvon, parranda, hashoratlar chiqaradigan tovushlarning ramziy ifodasi: mooo (mol), baaa (qo‘y), vov-vov (it), qag‘-qag‘ (qarg‘a);

  3. jonsiz narsalarning urilishi, sinishi kabilar tufayli hosil bo‘ladigan tovushlarning ramziy ifodasi: gup-gup, taraq- turuq, biqir-biqir.

Turli harakat-holatda voqe bo‘ladigan ko‘rinishlarni ifodalaydigan tasvir birliklari anchagina bo‘lib, bular ham yuqoridagicha ma’no turlarga ajratiladi:

  1. kishi harakat-holatining ramziy ifodalari: hang-mang, alang- jalang, lapang-lapang kabi;

  2. hayvon, parranda, hashorat harakat- holatining ramziy ifodasi: dikang-dikang, lip-lip, g‘imir-g‘imir;

  3. jonsiz narsalar hrakatinig ramziy ifodalari: yalt-yalt, yilt-yilt kabi.

Tasvir birliklari tovush tuzilishi jihatidan asli bir bo‘g‘inli bo‘lib, asosan CVC (undosh+unli+undosh) tovush tizimiga ega: vij, gum, dik, do‘q, jiz. Oxirida ikki undosh bilan tugaydigan bir bo‘g‘inli tasvir birliklari ham anchagina: gurs, shilt, yalt.
Tovush tasviri birliklarida tovushning cho‘ziqligi asosan oxirgi tovushni cho‘zib aytish bilan, yozuvda shu tovushning takror yozish bilan ifodalanadi: gurr, pirr, sharr, maaa.
Tasvir birligi ifodalaydigan tovush yoki holatning takrorlanishi shu tovush ramzini takror ishlatish bilan bildiriladi: ak-ak, big‘-big‘1.
Demak, yuqoridan ko‘rinib turibdiki, oliy ta’limning ayrim darsliklarida (SH.Rahmatullaev – 2010, R.Sayfullaeva – 2010) taqlid so‘zlarga mustaqil so‘z turkumi sifatida qaraladi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə