Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə14/47
tarix20.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#119723
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
O\'qish 4.4

JIMJILOQ
Chingiz Aytmatov
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir kampir bilan chol- ning bo‘yi jimjiloqday keladigan o‘g‘li bo‘lgan ekan. Oti ham Jimjiloq ekan. Jimjiloq otquloq bargining soyasida uxlab yotgan ekan, o‘sha yerda o‘tlab yurgan tuya bo- lani bargga qo‘shib yamlab yuboribdi. «Tuya yutganini bilmaydi, kavshaganini biladi», degan matal o‘shandan qolgan ekan.
Jimjiloq tuyaning qornida yotib, bor ovozi bilan chin- qirib yordam so‘rabdi. Chol bilan kampir bu ovozni eshitib qolib, tuyani so‘yishibdi-da, qornidan Jimjiloqni chiqarib olishibdi.
Bir kuni och bo‘ri Jimjiloqni uchratib qolibdi.
Zig‘irday bo‘lib olib, buncha likillaysan, kimsan o‘zi? Ikki yamlab bir yutaymi? — debdi bo‘ri.
Yo‘q, menga tegma, — debdi Jimjiloq, — o‘zing- ga qiyin bo‘ladi, it qilib qo‘yaman seni.
Gaping buncha betayin, bo‘rining it bo‘lganini kim aytdi senga o‘zi? Mana shu gaping uchun seni yeyman, — debdi-da, bo‘ri bolani yutib yuboribdi. Jimji loq bo‘rining chap ichagiga ham yuq bo‘lmabdi. Keyin nima yegani esidan chiqib ketibdi. Shu-shu bo‘ri bo‘ri bo‘lganiga pushaymon bo‘la boshlabdi. Qorni ochib otarga yaqinlashishi bilanoq Jimjiloq bo‘ri qornidan tu- rib, bor ovozi bilan: «Ey, cho‘pon, uxlama! Men o‘g‘ri bo‘riman, qo‘ylaringni qiyratgani kelyapman!» — deb jar solar ekan.

Holdan toygan bo‘ri yerga ag‘anabdi, o‘zining qorin- biqinini jahl bilan uqalay boshlabdi. Jimjiloqqa nima?! Qaytanga undan battar avjiga chiqarmish:
Ey, qo‘ychivonlar, chopinglar bu tomonga, meni savalanglar!
Cho‘ponlar bo‘rining oldida hozir-u nozir bo‘libdi. Bo‘rining esa dumini qisib qochib qolishdan boshqa iloji qolmabdi.
Hamma hayronmish. Bu qanday sir bo‘ldi o‘zi? Chunki qochib ketayotgan bo‘ri hadeb: «Meni quvib yetinglar», — deb baqirarmish.
Bo‘ri bir amallab qutulishga qutulibdi-yu, lekin qorni- ni hech narsa bilan to‘ydira olmabdi.
Shunday qilib, bo‘ri qayerga bormasin, Jimjiloq ham- mani ogoh qilaveribdi. Bo‘rining toqati toq bo‘libdi. Ozib ketganidan eti borib ustixoniga yopishibdi. «Endi nima qilsam ekan, o‘z boshimga falokatni sotib ol- dim-ku, qayga bormay, endi menga tinchlik yo‘q», — deb yig‘lamoqdan beri bo‘libdi.
Jimjiloq bo‘lsa sekingina uning qornidan: «Toshmat- ga bor, qo‘ylari semiz! Boymatga bor, itlari qari! Er- matga bor, qo‘ychivonlari uyquchi», — deb ovoz chiqa- rib qo‘yarmish! Bo‘ri oxiri hiqillab yig‘lab: «Gaplaringga kirib bo‘pman, undan ko‘ra biron odamga boraman-da, it bo‘lganim yaxshi», — debdi.
Shunday qilib, bo‘ri it bo‘lib qolgan ekan.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə