Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish


Ta’limiy: To’g’ri ongli, ifodali o’qishga o’rgatish. To’g’ri ravon tushungan holda o’qishga o’rgatish. FK2



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə44/47
tarix20.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#119723
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
O\'qish 4.4

Ta’limiy: To’g’ri ongli, ifodali o’qishga o’rgatish. To’g’ri ravon tushungan holda o’qishga o’rgatish. FK2 xalq og‘zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez aytishni) farqlay oladi;
Tarbiyaviy: Ajdodlarimiz singari komil insonga xos ijobiy sifatlarni yomon holatlardan ajrata bilishga, yaxshilikni o’ziga shior qilib olishga o’rgatish. TK4 badiiy adabiyotda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash;
Rivojlantiruvchi: O’qigan matnini hikoya qila olishga o’rgatish. FK2 o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
Darsning turi: Yangi bilim berish.
Darsning metodi: Ifodali o’qish
Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; wood – yog‘och, tree – daraxt
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Yoz fasli boshqa fasllardan nimasi bilan farq qiladi?
2. Dov-daraxtlarning yoz, bahor, kuz va qishdagi holatini taqqoslab gapiring.
3. Bo‘limdagi asarlardan tabiat manzaralari tasvirlangan o‘rinlarni topib, misollar yozing.
4. Ta’til paytida o‘qiydigan kitoblaringizni, qiladigan ish- laringizni rejalashtiring.
5. Navro‘zga tegishli urf-odatlarni ayting. Oilangizda ularning qaysi birlariga amal qilinadi?
III. Yangi mavzu bayoni: PIRLSdan olindi
G`AROYIB TUN
Anina o‘n yoshda bo‘lgani uchun hatto uyqusiragan holatida ham o‘z xonasidan yuvinish xonasiga bemalol bora olar edi. Xonasining eshigi, odatda, qiya ochiq turar, lampa esa telefon turadigan joydan yuvinish xonasiga boriladigan yo‘lakni yetarlicha yoritib turar edi. Bir kun kechasi Anina telefon turadigan joyoldidan yuvinish xonasiga o‘tayotib qandaydir shitirlagan tovushni eshitdi. Biroq uyqusiragani uchun bu shitirlashga unchalik ahamiyat bermadi. Xuddiki, bu tovush uzoqdan kelayotgandaytuyuldi. U xonasiga qaytayotgandagina shitirlashning qayerdan kelayotganini payqadi. Telefon turgan stoltagida yotgan bir uyum eski jurnal, gazetalar siljiyotgan va bu tovush aynan o‘sha joydan kelayotgan edi. Birdan gazeta va jurnallar uyumi o‘ngga, chapga, to‘g‘riga, ortga siljib, har tomonga sochila boshladi. Anina ko‘zlariga ishona olmadi, chunki telefon stolining tagidan qichqiriqli ovoz bilan timsoh sudralib chiqib kelayotgandek ko‘rindi. Anina turgan joyida qotib qoldi.
Timsohning gazeta uyumi ichidan chiqib, atrofni sekin tomosha qilishini ko‘rgan Aninaning ko‘zlari hayratdan katta-katta ochilib ketdi. Timsohning go‘yo endigina daryodan chiqqandek shalabbo tanasidan suv tomib turardi.Timsoh gilamning qayerini bossa, o‘sha joyi ho‘l bo‘lar edi. Timsoh boshini orqaga burganda qattiq shitirlab ketdi. Yirtqichning dahshatli, uzun tishlarini ko‘rib, Aninaning nafasi ichiga tushib ketdi. U dumi bilan sekin ortga va oldinga harakatlanar edi. Anina hayvonot olami haqidagi jurnaldan timsohning dumi bilan o‘zini dushmandan qanday himoyalashi yoki unga hamla qilishini o‘qigan edi.
U ning nazari gazeta va jurnallar uyumidan sochilib, oyoqlari ostida yotgan hayvonot olami haqidagi jurnalning oxirgi soniga tushdi. U yanada qo‘rqib ketdi. Avval jurnalning
muqovasida katta timsohning rasmi daryo bo‘yida tasvirlangan edi. Endi esa muqovadagi daryo bo‘yi bo‘sh qolgan edi. Anina egilib, jurnalni oldi. O‘sha paytda timsoh dumi bilan qattiq urib, kungaboqar gullari turgan guldonni yerga tushirib yubordi. Guldon sinib, kungaboqar hamma joyga sochilib ketdi. Anina bir sakrashda o‘z xonasiga yetib olib, eshikni yopib qo‘ydi. Yotoqni siljitib, uni eshikka tirab qo‘ydi. Uni timsohdan himoya qilishi kerak bo‘lgan to‘siqni hosil qildi va shundan keyingina yengil nafas oldi. Keyin u o‘ylab qoldi: “Agar timsoh shunchaki och bo‘lsa-chi? Balki, timsohni ketishga majbur qilish uchun biror yemish berish kerakdir?” Anina yana hayvonot olami haqidagi jurnaliga qaradi. Agar timsoh rasmdan tashqariga chiqqan bo‘lsa, demak, boshqa hayvonlar ham chiqa olishi mumkin ekan -da? Anina tezda jurnalni varaqladi va changalzor botqoqli gidagi flamingolarda to‘xtadi. “Bu
– o‘sha, eng kerakligi”, - deb o‘yladi u. Flamingo timsoh uchun bayram tortining o‘rnini
bosa oladigandek ko‘rinardi. To‘satdan nimadir taraqlab ketdi, timsoh dumi bilan eshikni urib, uni teshib qo‘ygan edi. Anina tezda flamingo rasmini eshikning teshigiga qo‘ydi-da, bor ovozi bilan “Botqoqdan chiq! Kisht-kisht!” – deb qichqirdi. Shundan so‘ng jurnalni teshikdan yo‘lakka uloqtirdi va chapak chalib chinqirdi. U nimadir sodir bo‘lishiga zo‘rg‘a ishongan edi. Kutilmaganda, yo‘lak qanotlarini yoyib olib, uzun va ozg‘in oyoqlari bilan u yoqdan bu yoqqa qiyqirib yugurayotgan flamingolarga to‘lib ketdi. Anina qushlardan birining kungaboqarni
cho‘qiyotganligiga va boshqasi esa tumshug‘i bilan onasining shlyapasini
tortayotganligiga ko‘zi tushdi. Shuningdek, u yana bir flamingo timsohning og‘ziga kirib ketganini, timsoh uni ikki yamlab yutib yuborganini va o‘sha zahoti
kungaboqarni tumshug‘ida ushlab turgan flamingoni ham tutib olganini ko‘rdi.
Ikkita flamingo timsoh uchun yetarli bo‘ldi, shekilli, u xotirjam yo‘lakning
o‘rtasiga cho‘zildi. U ko‘zlarini yumdi-yu, ortiqcha harakatlanmadi. Anina
eshikni sekin ochib, lip etib yo‘lakka qaytib keta qol”. Keyin u yotoqxonasiga qaytib, eshikning teshigidan timsohning yana jurnal muqovasiga kirganini ko‘rdi.
Shundan so‘ng, Anina ehtiyotkorlik bilan flamingolar divan, kreslolar atrofida to‘dalashgan, televizor ustida turgan mehmonxonaga kirdi. Anina jurnalning bo‘sh, rasmsiz sahifasini ochdi. “Rahmat sizga, rahmat katta, o‘z botqog‘ingizga qaytishingiz mumkin”, - dedi. Ertalab ota-onasiga poldagi katta-katta, ho‘l dog‘lar qayerdan kelganini, nima uchun eshik singanini tushuntirish Aninaga juda qiyin bo‘ldi. Ular onasining shlyapasi izsiz yo‘qolib qolgan
bo‘lishiga qaramay, baribir timsoh voqeasiga ishonmadilar.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə