Umumiy o‘rta ta’lim maktabi da pedagog hodimlar bilan Referendum



Yüklə 4,98 Mb.
səhifə10/16
tarix03.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104125
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
10-maktab referendum bayonnoma

a) 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan maktabida o’quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o’rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo’lga qo’yiladi;
b) 2023/2024 o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktablarda o’quvchilarda kommunikativ ko’nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa bo’lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim dasturlari amaliyotga kiritiladi.
Bunda:
maktablarning 1–4-sinflarida o’quvchilarni ilg’or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo’yicha o’qitish;
5–9-sinflarda o’quvchilarga umumta’lim fanlaridan
tayanch bilimlar berish;
10–11-sinf o’quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo’lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.
SHuningdek, Konstitutsiyaga mazkur qo’shimchalar orqali, davlat tomonidan nafaqat davlat ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish uchun, shu bilan birga nodavlat yoki xusususiy ta’lim tashkilotlari yoxud davlat xususiy sheriklik asosidagi ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish uchun
sharoit yaratishi, ya’ni muhim qonunchilik hujjatlarini qabul qilish, subsidiyalar yoki imtiyozli kreditlar berishi kabi yo’llar bilan yordam ko’rsatishi belgilab qo’yilmoqda.
Yangi Konstitutsiyaning ushbu moddasida ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo’lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanishi haqida ijtimoiy norma kiritilmoqda.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. Unga ko’ra, sog’lig’ida nuqsoni bo’lgan bolalarni faqatgina ixtisoslashgan maktablarda emas, hamma qatori umumiy maktablarda ham o’qishini yo’lga qo’yilishi inson qadri tamoyilining amaliy ifodasidir. Bu shunday nuqsonlarga ega bolalarimizning yakkalanib qolmasligi, jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida shakllanishi va kamol topishi uchun juda muhimdir.
Bugungi kunda aqli zaif, kar va zaif eshituvchi, ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi, tayanch a’zolarida nuqsoni bo’lgan 21 231 nafar bolalar uchun respublikamizda 90 ta ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, yengil darajadagi nogironligi bo’lgan 18 000 nafarga yaqin o’quvchilar maktablarda sog’lom bolalar bilan birgalikda o’qishmoqda.
Mazkur qo’shimchalar davlat tomonidan bolalarning maktabgacha ta’limda qamrovini oshirish, umumiy o’rta ta’limni teng huquqli asosda ta’minlanishi aholi savodxonligini oshishiga ijobiy ta’sir etadi.
Ta’lim sifatini oshirish – birlamchi vazifa. Bu borada ko’plab muammolar bor. Ayrim muammolarni bartaraf etish uchun esa muhim jihatlarni Konstitutsiya orqali mustahkamlash zarurati mavjud.
Konstitutsiyada ilk marotaba inklyuziv ta’lim uchun sharoit yaratishga oid alohida normaning belgilanishi alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo’lgan bolalar uchun ta’lim va tarbiya ularning jismoniy va aqliy rivojlanishini hisobga olgan holda tashkil etilishi, ta’lim olish jarayonida ularni biror-bir shaklda kamsitishga yo’l qo’yilmasligi, barcha bolalarning tengligi ta’minlanishiga xizmat qiladi. Natijada, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo’lgan bolalarning ta’lim olishga bo’lgan huquqi ta’minlanadi.




Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə