Umumiy o‘rta ta’lim maktabi da pedagog hodimlar bilan Referendum


Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabnining xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yo`ldosheva so`zga chiqdi



Yüklə 4,98 Mb.
səhifə12/16
tarix03.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104125
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
10-maktab referendum bayonnoma

Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabnining xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yo`ldosheva so`zga chiqdi.


Xotin qizlar va erkaklarning huquq va imkoniyatlari tengligi Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda.
Prezident SHavkat Mirziyoev 2019 yil iyunь oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqida shunday degan edi: «... Bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo’lishi kerak».
O’zbekistonda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. Jumladan, 2030 yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo’yicha komissiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi tashkil etildi.
O’zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o’ringa ko’tarildi.
Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida «Ayollar daftari» tizimi joriy etilib, Davlat byudjetidan har yili 300 mlrd so’m mablag’ ajratib borish yo’lga qo’yildi.
O’zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishlari, ilm-fan bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratish davlatning alohida vazifasiga aylandi. Natijada, birgina 2022 yilda oliy o’quv yurtlariga qabul qilingan talabalarning 49,9 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo’shimcha esa, ushbu ishlarning mantiqiy davomi bo’lmoqda. Ya’ni davlat har jabhada erkaklar va ayollar tengligini ta’minlash kafolatini olmoqda, o’z rolini oshirmoqda.

Gender tengligi printsiplarni Konstitutsiyada belgilash davlat tomonidan ayollarga bo’lgan alohida e’tiborni ko’rsatish bilan bir qatorda ayolning davlat va ijtimoiy hayotidagi rolini oshirib, ularga o’z imkoniyatlarini namoyon qilishga xizmat qiladi.


SHu bilan birga, mazkur o’zgartirish xalqaro me’yor va standartlarga to’liq mos keladi hamda O’zbekistonda gender tenglikni ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirishga imkon beradi.
Davlatning eng asosiy qonunida ayol va erkaklarning teng huquqli ekani belgilanishi bejiz emas. Bu – yillar davomida mustahkamlangan zanjirlarni sindirishga, «ayol kishi uyda o’tirish kerak», «ayollarga siyosatga aralashishni kim qo’yibdi» degan printsiplarni buzishga qaratilgan.
Mazkur normaning kiritilishi hamda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi to’laqonli faol ishtiroki ta’minlanishi natijasida 2030 yilga qadar boshqaruv lavozimlarida ishlovchi xotin-qizlar ulushi kamida
30 foizni tashkil etishi ta’minlanadi. Eng avvalo, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga, ikkinchidan, parlament, hukumat, vazirliklar, hokimiyat ishlarida kengroq jalb etish imkoniyatini yaratadi.




Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə