Umumiy o‘rta ta’lim maktabi da pedagog hodimlar bilan Referendum



Yüklə 4,98 Mb.
səhifə15/16
tarix03.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104125
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
10-maktab referendum bayonnoma

falonchievlardan ekan kabi qarashlar ko’p bo’lgan. Bundan tashqari, o’tmishda qaysidir qarindoshi sudlanganligi uchun uning qarindoshlari qora ro’yxatda bo’lib, davlat ishiga olinmagan.

onangga bor deb sarson qilishlar bo’lmaydi, hamma davlat ishiga kirishda teng huquqli ekani belgilanib, uni ta’minlashni davlat bo’yniga olmoqda.
(37-modda)

Bir eslab ko’ring, maktabda ko’proq qizlar a’lochi bo’lishadi. Institutda ham qizlar yigitlardan ko’ra yaxshiroq o’qishadi. Demak, ko’p qiz-ayollardan yaxshi mutaxassislar chiqishi kerak. Ammo ishga olishga yoki lavozim berishga kelganda, asosan erkaklarga yon bosiladi. CHunki, ayol kishining bolali bo’lishi bor, farzandlari, ro’zg’ori bilan band bo’lishi bor.
Bu holat ko’pincha ayollarga nisbatan adolatsiz munosabatni keltirib chiqaradi.

Endi hamma – erkakmi, ayolmi qat’i nazar, mehnat qilish va buning uchun munosib haq olish huquqiga birdek haqli.
Ayol kishini homiladorligi yoki yosh bolasi borligi uchun ishga olmaslik, ishdan bo’shatish yoki maoshini kamaytirish taqiqlanadi.
(42-modda)

Bozor sharoitida yildan yilga narx-navo oshib boradi. Bu esa o’z navbatida aholi uchun qiyinchilik paydo qiladi. SHunday sharoitda mehnat qilib, oila boqayotgan insonlarga arzimagan ish haqi berib, agar ishchi norozi bo’lsa yoki ish beruvchiga nimasidir yoqmay qolsa, katta ko’chaga haydab yubormaydi, deb kim kafolat bera oladi?

Albatta davlat kafolatlaydi! Buning uchun Konstitutsiyaga har bir xodim o’zi va oilasi uchun munosib turmush tarzini ta’minlaydigan, zaruratga ko’ra oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy olishga yetadigan qoniqarli haq olish huquqiga egaligi haqida qat’iy talab kiritilmoqda.
(42-modda)

Oldinlari ko’p maktablarda o’quvchilar o’quv yilini asosiy qismida sinf xonalarida o’tirib bilim olish o’rniga dalada yoki pillaxonada kattalar bilan baravar mehnat qilib o’tkazishardi. Hali suyagi qotmagan yosh bolachalar o’zidan katta fartuklarga paxta to’ldirib, nimjon yelkalarida ko’tarishardi. Bir tomondan darslar o’lda-jo’lda, ikkinchi tarafdan bolalarni sog’lig’iga ziyon bo’lardi.

Endi bolalarning salomatligi, xavfsizligi, jismoniy, aqliy rivojlanishiga zarar keltiradigan, ta’lim olishiga halaqit beradigan majburiy mehnat mutlaqo taqiqlanadi.
(44-modda)

Oldingi davrda biz ta’limga nisbatan hurmatni o’ldirdik, uning muhimligini tushirib tashladik, o’qituvchilarni kamsitdik. Bolalar bog’chasi deyarli qurmadik, maktab­lar soni yetmagan. Jamiyatda «o’qib odam bo’larmiding», «o’qiganning biri ikki bo’larmidi» degan shablon fikrlar tarqaldi. Davlat o’qituvchi va o’quvchiga ishchi kuchi deb qaradi.

Endi aslo bunday bo’lmaydi, chunki davlat o’z xatolarini tushundi va bu yog’iga o’z bo’yniga ta’limni «chyotkiy» qilaman deb majburiyat oldi va uning ustiga yana kafolat ham berdi.
SHuningdek, davlat o’ziga yana bir majburiyat oldi. Ya’ni jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar uchun ham maktablarda sifatli ta’lim tashkil etiladi, ular kamsitilmaydi.
(50-modda)

Keyingi o’n yilliklarda o’qituvchilarning obro’yi qanchalik tushib ketganini, ular himoyasiz bo’lib qolganini ko’rib turibmiz. O’qituvchiga hamma «xo’jayin»! Hokimlik yoki boshqa yuqori tashkilotning oddiy xodimi ham o’qituvchiga uning

Aslida davlat ham, jamiyat ham o’qituvchilarning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilib, ularga g’amxo’rlik qilishi zarur. Endi shu narsa Konstitutsiyada «mixlab» qo’yiladi. O’qituvchining mehnati jamiyatimiz va davlatimizni rivojlantirishning asosiy omillardan biri ekanligi tan olinyapti.

vazifasiga kirmaydigan ish­larni buyurishi mumkin.
Bu bilan o’qituvchilarning o’zini kamsitishdan tashqari, butun boshli avlodlarning ta’lim-tarbiyasiga zarar yetgan.
Bilimsiz avlod qanday qilib kelajakda davlatimizni rivojlantirishi mumkin?!

Bundan buyon hech qaysi mansabdor o’qituvchilarni kamsitishiga, ularning xotirjam o’z ishi bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi.
(52-modda)

O’zbekistonda gender kamsitish yo’q desak, o’z-o’zimizni aldagan bo’lamiz. Xotin-qizlarni kamsitish, ularning mehnatini qadrlamaslik yoki tan olmaslik holatlari juda achinarli. Ba’zi xonadonlarda ayollarga zulm qilish, tahqirlash odatiy holga aylanib qolgan.
Ayollarga o’z ustida ishlashi, o’sishi uchun erkaklar bilan teng imkoniyat yetishmasligi buning asosiy sabablardan biridir.

Endi gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalasi Konstitutsiya darajasida mustahkamlanmoqda. Ya’ni, davlat hamma sohada erkaklar bilan ayollar tengligini ta’minlashni kafolatlayapti, va bunda o’zining rolini oshirmoqda.
(58-modda)

SHunday bir odatimiz bor-ki, oila qurishda kattalar shundoq kelishib qo’yadi, qizni yoki yigitni roziligini umuman so’rashmaydi. O’xshab ketsa-ku, mayli, lekin o’xshamasa, keyin nimaga ajralishlar ko’p deb gapiraverishadi.

Endi aniq-tiniq oila nimaligi yozib qo’yildi. Davlat oilani har tomonlama mustahkam bo’lishi uchun majburiyat olyapdi va oila deganda kasallikga o’xshagan munosabatni emas, balki erkak bilan ayolning ixtiyoriy roziligi asosidagi turmushini tushunishini yozib kuyyapdi.
(76-modda)

Bundan tashqari, dunyoda oila deganda g’alati narsalarni, umuman, bizga to’g’ri kelmaydigan odatlarni tiqishtirishmoqda.




O’zbekistonda yillar davomida yoshlar masalasiga katta e’tibor berilgan. CHunki rostdan ham yoshlar davlatda ko’p, xalqning yarmini tashkil etadi. Buni muhimligini bilsak ham, baribir, «ura-ura»dan tashqari, amalda ko’p ish qilinmagan. Bog’cha, maktab, VUZ, ish joyi yoshlar uchun muammoligicha qolavergan. SHunga ko’p yoshlar chet davlatlarga ishlashga va o’qishga chiqib ketishga harakat qilgan.

Endi yoshlar masalasida yondashuv keskin o’zgardi. Davlat o’zining yaxshi rivojlanishini yoshlarga bog’liqligini tushundi va, shu bois, ularga sharoit yaratishni, huquqlarini himoya qilishni, ularning jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etishini qo’llab quvvatlash bo’yicha o’ziga majburiyatlarni olmoqda.
(79-modda)




Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya