she’ri 1939-yilda e’lon qilingan. 40-yillarda shoiming ketma-ket «Birinchi
daftar», «Qalb qo‘shiqlari» to‘plamlari, «Chollar» dostoni chop etiladi.
Keyinroq «Hayot ilhomlari», «Umrim boricha», «Inson va yaxshilik»,
«Inson — inson uchun», «Ikki qoya», «Otash va gul», «26-tongotari»
kabi yigirmadan ortiq she’rlar va dostonlar to‘plamlari nashr etiladi.
Vatanni kuylash, uning bunyodkor, fidoyi farzandlarini ulug‘lash,
xalqlar do'stligi g‘oyalari o ‘sha to ‘plamlarning
asosiy mazmunini
belgilagan. Agar bu xususiyatlar shoiming dastlabki she’rlarida juda bo‘rtib
ko‘ringan boMsa, keyinroq, ayniqsa, 70—80-yillarga kelib «Zarralar»,
«Suyanchiq», «Yashagim keladi», «Sening baxting» kabi to‘plamlarida
inson va xotira, odamiylik kabi teran ma’noli tushunchalar o‘z she’riy
aksini topdi. Misol sifatida quyidagi satrlarga e’tibor beraylik:
Shukr qil, nolima, tashvishim ko‘p deb,
Bilasanmi, tashvish tugaydi qachon?
Tashvishing mo‘1 bo‘lsa, orzularing ko‘p,
Orzusiz yashamas hech tirik inson.
Harakatim ko‘p
deb zorlanma hech vaqt,
Yer ham hech tinmaydi, tinsami... hayhot!..
Intilish,
izlanish, doim harakat,
Shundan
iboratdir tiriklik, hayot!
Shoir Siz — bolalar uchun ham «Bahor sovg‘asi», «Yulduzlar»
nomli kitoblar chop ettirgan. Uning «Xatarli yo‘l», «To‘ydan keyin
tomosha», «Tabassum o^rilari», «0‘g^rini qaroqchi urdi», «Janjab,
«Unsiz faryod» kabi qator sahna asarlari
Oezbekiston teatrlarida
sahnalashtirilgan. Gyote, K. Gotsi, A. Blok, T. Shevchenko, A. Tvar-
dovskiy, Q. Quliyev, Mustay Karim kabi jahon adabiyotining ko‘plab
vakillari ijodidan qilgan taijimalari o‘zbek o‘quvchilari
tomonidan iliq
kutib olingan.
Dostları ilə paylaş: