to£ylar, turli yig‘inlar hozir ham baxshilar ishtirokisiz o£tmaydi. 04gan
asming boshlarida, odamlaming uyida radio-televizor tugul oddiygina
elektr chirog‘i bo‘lmagan zamonlarda kishilar
sham va qora chiroq
yorug‘ida kun kechirardilar. Ayniqsa, uzoq qish kechalari xalq kitoblari,
turli dostonlar o £qilar, bir uy bolalar ham bu m a’rifat nuridan
bahramand bo‘lib o£sardilar.
Hamid Olimjonning onasi Komila aya juda ko£p doston va ertak-
lami
yod bilardi, ularni eshitgan yosh Hamid tasawurida qadimgi
asarlar qahramonlari qayta jonlanardi. Dostonlaming shirali tili, bir-
biridan qiziq voqealari uning butun xayolini egallab olardi. Hamid
Olimjon bu zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi va o£zi yozgan
dostonlardan biri «Oygul bilan Baxtiyor»da bu sehrli tunlarni shunday
esga oldi:
Bolalik kunlarimda,
Tohir-Zuhra, Yoriltosh,
Uyqusiz tunlarimda
Oyni uyaltirgan qosh...
Ko£p ertak eshitgandim,
Buvimning
har qissasi,
So‘ylab berardi buvim.
Har bir qilgan hissasi
Esimda o£sha damlar:
Fikrimni tortar edi,
0 £zi uchar gilamlar,
Havasim ortar edi.
Hamid Olimjondagi tug£ma iste’dodning ko£z ochishida,
uning
keyinchalik mashhur shoir bo£lib yetishuvida mana shu ezgu havas,
albatta, katta rol o£ynagan.
Hamid Olimjon Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlang‘ich mak-
tabni tugallab, o£sha davrda (1932-yilga qadar) 0 ‘zbekistonning
poytaxti bo£lgan Samarqand shahriga bordi.
U yerda awal pedagogika
bilim yurtida (1923—1926), keyin Pedagogika akademiyasida (1926—
1931) tahsil oldi. Ko'plab ijodkor yoshlar to £plangan bu o£quv
dargohlarida Abdulhamid yozgan she’rlar do£stlari tomonidan qizg‘in
kutib olinardi. Ilk mashqlaridanoq tug£ma iste’dodi yarq etib ko‘ringan
talaba shoiming dastlabki she’rlari Samarqandda chop etiladigan
«Zarafshon» gazetasida 1926-yildanoq chiqa boshlagan bo‘lsa,
«Ko£klam» nomli birinchi she’rlar to£plami 1929-yilda o£z o‘quv-
chilarini topdi. Shu tariqa o£zbek adabiyotida yana bir umidli ijodkor
dunyoga keldi.
Dostları ilə paylaş: