Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929-yildan e’lon qilina
boshlandi. 30-yШaгda shoiming « 0 ‘n she’r», «Undoshlarim», «Uchinchi
kitob», «Jumhuriyat» nomli to‘plamlari dunyo yuzini ko‘radi. Ana shu
to‘plamlari bilan Shayxzoda o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos shoir sifatida
tanildi va tan olindi.
Uning ijodi 40-yillarda, Ikkinchi jahon urushi davrlarida ayniqsa avj
pardalarga ko‘tarildi. Butun insoniyatga tahdid solayotgan fashizmni yo‘q
qilish, hayotni, tiriklikni,
shon-u sharafni saqlash, xalqni ruhan yengil-
maslikka, matonatga da’vat etish shoirning o‘sha yiUari chop etilgan «Ku-
rash nechun», «Jang va qo‘shiq», «Kapitan Gastello», «Ko‘ngil deydiki»
kabi to‘plamlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Shu yillarda Shayxzoda ijodining
yarn bir mumtoz namunasi «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi yaratildi.
Siz tariximiz to‘g‘risidagi hikoyalardan yaxshi bilasizki, o‘lkamizni
XIII asrlarda Chingizxon qo‘shinlari bosib olmoqchi bo‘lganida,
xalqimizning mard o‘g‘lonlaridan Jaloliddin Manguberdi dushmanga
qarshi qattiq kurash olib boradi. 0 ‘z vatani mustaqilligini saqlash
uchun mardonavor turib jang qiladi. Mana shu
tarixiy shaxs siymosi va
shonli o‘tmish sahifalarini badiiy haqqoniylik bilan tasvirlash «Jalo-
liddin Manguberdi» dramasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Pyesa
Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatrida (hozirgi 0 ‘zbek
Milliy akademik drama teatri) sahnalashtiriladi. Botir lashkarboshi Jalo
liddin siymosini sahnaga buyuk aktyor Shukur Burhonov olib chiqadi.
Mazkur asarlar yaratilishidan awalroq, 50-yillarning
boshlarida
Maqsud Shayxzoda ham «qatag‘on» siyosatining qurboni bo‘lib, «xalq
dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi. 50-yillaming o‘rtalarida
qatag‘onchilik qoralanib, ko‘p halol insonlar qatori Shayxzoda ham ozod
etilgach, u irodasini bukmay, qizg‘in ijod bilan mashg‘ul bo‘ldi. She’rlar,
doston va dramatik asarlar bilan birga Shekspir, Pushkin, Lermontov,
Mayakovskiy, Nozim Hikmat kabi jahon
adabiyoti namoyandalari
ijodidan taijimalar qildi. Olim sifatida Alisher Navoiy she’riyati haqida
chuqur ilmiy tadqiqotlar yaratdi.
Dostları ilə paylaş: