Yunonistonga, ya’ni hozirgi dunyo xaritalariga Gretsiya,
Makedoniya
nomi ostida kiritilgan mamlakatlar va o‘sha atroflardagi ko‘hna davlatlar,
shaharlar tarixiga murojaat qilishimiz kerak.
Rivoyatlarga ko£ra, miloddan awalgi VI asrlarda Yunonistonda qul-
doriik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan
nihoyatda aqlli, ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand bo‘lib,
uni Ezop deb atashgan ekan. Uning asli kelib chiqishi o‘sha davrlardagi
Frigiya mamlakatidan bo‘lib, urushlar natijasida qul qilib olinib,
Yunonistonga kelib qolgan. Aql-u farosati, topqirligi bilan o ‘z
xo£jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan.
Hatto
shaharlami bosqinlardan asrab, podshohlarni qirg‘in-barot
urushlardan to‘xtatib qolgan. Oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib,
Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so‘ng Vavilon shohi Likurg
saltanatida xazinabon darajasiga ko‘tarilgan.
Keyinroq, haqgo‘yligi,
adolatparastligi, kinoyali achchiq tili uchun ko‘rolmagan, hasadgo‘y
dushmanlari uni Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib yuborib, oldirganlar.
Ezop hayoti haqidagi m a’lumotlar o ‘sha davrdagi va undan
keyingi asrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan ri-
voyatlar, ibratli hikoyatlar orqali yetib kelgan. Uning 500 ga yaqin
masallari
qadim davrlardayoq jamlanib, «Ezop masallari» nomi
ostida kitob qilingan va donishmandlik o‘gitlari sifatida butun dunyoga
tarqalgan.
«Ulug‘ masalchi»ning o‘zi haqida rivoyatlar ham juda ibratomuz.
Masalan, ulaming birida hikoya qilinishicha, Ezopning xo‘jayini safarga
otlanar ekan, o‘z qullariga yuklarni bo‘lib olib, ko‘tarib ketishlari lozim-
ligini buyuradi. Ezop ulaming oldiga kelib, o‘ziga yengilroq yuk
berishlarini
iltimos qilganida, qullar uning o‘zi tanlab olishiga ruxsat
beradilar. Ezop borib, to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan
qutini tanlaydi. Atrofidagilar barchasi undan kulib, yengil narsa so‘rab,
eng og‘ir yukni tanlagani uchun ahmoq deya masxara qiladilar.'
Dostları ilə paylaş: