Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Logopediya shoxobchasida korreksion jarayonni tashkil etish



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#139196
1   2   3   4   5   6
4-bob. Logopediya shoxobchasida korreksion jarayonni tashkil etish
13. Logopediya shoxobchasida o‘quvchilarga korreksion — logopedik yordam ko‘rsatiladi.
O‘quv-korreksion mashg‘ulotlar guruhli va yakka (individual) tartibda, umumta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan jadval asosida darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi.
14. Guruhlarga nuqsonlari o‘xshash bo‘lgan bir xil yoshdagi o‘quvchilar qabul qilinadi. Bir xil yoshdagi o‘quvchilar soni kam bo‘lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bir guruhga jamlanishi mumkin.
15. Guruhli va yakka (individual) tartibda olib boriladigan mashg‘ulotlarning davomiyligi bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarining og‘ir yoki yengil darajasiga ko‘ra quyidagicha belgilanadi:
nutqi to‘liq rivojlanmagan 8 — 10 nafar I sinf o‘quvchilariga guruhli tarzda 40 — 45 daqiqadan, bir o‘quv yili davomida haftasiga ikki martadan;
tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan 8 — 10 nafar I — IV sinf o‘quvchilariga guruhli tarzda 40 — 45 daqiqadan, bir o‘quv yili davomida haftasiga uch martadan;
nutq apparati a’zolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) bo‘lgan I — IV sinf o‘quvchilari bilan yakka (individual) tartibda 15 daqiqadan, nutq nuqsoni bartaraf etilgunga qadar haftasiga uch martadan.
16. Nutq nuqsonlari bartaraf etilgan o‘quvchilar logopediya shoxobchasi mudirining ishchi guruh bilan kelishilgan xulosasiga asosan o‘quv yilining 15 — 25-may kunlari logopediya shoxobchasi o‘quvchilari safidan chiqariladi.
5-bob. Logopediya shoxobchasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
17. Logopediya shoxobchasida o‘qituvchi-logoped lavozimida oliy ma’lumotli o‘qituvchi-logopedlar va defektologlar faoliyat yuritishi mumkin.
18. O‘qituvchi-logoped shtat birliklari logopediya shoxobchasiga biriktirilgan umumta’lim muassasalarida mavjud har 25 ta boshlang‘ich sinfga 1,0 birlik (20 ta boshlang‘ich sinfga 0,8 birlik, 30 ta boshlang‘ich sinfga 1,2 birlik) hisobidan haftalik ish yuklamasi 18 o‘quv soatidan oshmagan holda, mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan me’yorlarga ko‘ra belgilanadigan o‘quvchilar guruhlari va haftalik mashg‘ulotlar soatlaridan kelib chiqib kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘qituvchi-logopedlarni ishga qabul qilish hamda ular bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining tavsiyasiga asosan logopediya shoxobchasi joylashgan umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
O‘qituvchi-logopedlarning mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va mehnat ta’tiliga haq to‘lash uchun zarur mablag‘lar logopediya shoxobchasi joylashgan umumta’lim muassasasining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
20. O‘qituvchi-logopedlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mazkur Nizom va umumta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etish;
mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan namunaviy yillik ish reja asosida yillik shaxsiy ish reja, o‘quv yiliga taqvimiy-mavzuiy reja, mashg‘ulotlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun umumta’lim muassasasining pedagogik kengashiga taqdim etish;
nutqiy rivojlanishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarning artikulatsion a’zolarini, nutq nuqsonlarini tekshirish natijasiga ko‘ra mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq nutq xaritasini va sinf jurnalini yuritish;
o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlariga to‘sqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish, ulardagi mavjud nutq nuqsonining turini va ifodalanish darajasini aniqlash;
mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun guruhlar tashkil qilish, kundalik mashg‘ulotlar ishlanmasini tayyorlash, guruhli va yakka (individual) tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali artikulatsion organlardagi nuqsonlarni to‘g‘rilash, nutq nuqsonlari natijasida kelib chiqqan psixik buzilishlarni korreksiyalash;
umumta’lim muassasasi o‘qituvchilari va ota-onalarga nutqiy rivojlanishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus usullarini qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berish;
o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish, uslubiy birlashmalar faoliyatida va boshqa metodik ishlarda ishtirok etish.
21. O‘quvchilarning guruhlarga qatnashish davomatini qayd etib borish uchun sinf jurnali yuritiladi hamda har bir guruhga maxsus sahifalar ajratiladi.
Yakka (individual) tartibda mashg‘ulotlar olib boriladigan o‘quvchilar uchun sinf jurnalida alohida sahifalar ajratiladi hamda ular ham guruhli mashg‘ulotlar kabi to‘ldiriladi.
Jurnalning oxirgi betlarida logopediya shoxobchasiga qabul qilingan har bir o‘quvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, sinfi, uy manzili, logopediya shoxobchasiga qabul qilingan vaqti, nutqiy yoki umumiy rivojlanishidagi kamchiliklari, logopediya shoxobchasidan chiqarilgan vaqti, umumiy va nutqiy rivojlanish holati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishidagi kamchilik va muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar kiritib boriladi.
22. Logopediya shoxobchasiga o‘qituvchi-logopedlardan biri, shoxobchada bitta o‘qituvchi-logoped bo‘lgan taqdirda esa, uning o‘zi mudirlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Logopediya shoxobchasi mudiri tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlariga o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar quyidagi hisobotlarni topshiradi:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
o‘qituvchi-logopedlar yillik shaxsiy ish rejasining bajarilish holati;
o‘quvchilar kontingentining o‘zgarish dinamikasi;
o‘quvchilarning nutq nuqsonlarini bartaraf etish ko‘rsatkichlari.

Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə