Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari



Yüklə 44,51 Kb.
səhifə7/10
tarix25.03.2023
ölçüsü44,51 Kb.
#103169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTS

2-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;
umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
7. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga qaratilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’limning zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

Yüklə 44,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə