Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 44,51 Kb.
səhifə9/10
tarix25.03.2023
ölçüsü44,51 Kb.
#103169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTS

Pedagogik-psixologik talablar:
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzularining o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.
Estetik talablar:
imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi;
matnlar o‘quvchiga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv faniga qiziqish uyg‘otishi;
bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;
rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.
Gigiyenik talablar:
matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishi;
harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 3-iyundagi 146-son qarori talablariga mos bo‘lishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risida nizomning 8-bandi to‘qqizinchi xatboshidagi “tarmoq ta’lim standartlari” so‘zlari “akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
ichki nazorat — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan amalga oshiriladi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida o‘tkaziladi.
tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi;
davlat-jamoat nazorati — ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
yakuniy davlat attestatsiyasi — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi”.
b) 20-bandning ikkinchi xatboshidagi “tarmoq ta’lim standartlarini” so‘zlari “akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-son qaroriga 1-ilova “Umumiy qoidalar” bo‘limining o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga
7-ILOVA

Yüklə 44,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə