|
![](/i/favi32.png) Umumiy pedagogikaOmmaviy madaniyatning salbiy koʻrinishlari
|
səhifə | 38/237 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 2,04 Mb. | | #138461 |
| 3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВАOmmaviy madaniyatning salbiy koʻrinishlari
Bugun yoshlarimiz oʻziga xos “tushunchalar urushi” sharoitida yashamoqdalar. “Ommaviy madaniyat” ota – bobolarimiz “qora” degan narsalarni “oq”, “oq” degan narsalarini “qora” deb uqtirmoqda.
Kashandalar dastidan bir yilda salkam 700 tonna sinil kislota, 400 ming tonna ammiak, 600 ming tonna qoramoy va 100 ming tonna chekilgan sigaretadan atmosferaga nikotin tarqalar ekan.
S
Starizm
tarizm – subyektiv ehtiroslarga berilgan holda estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish. Yosh yigit – qizlarning shaxsiy xonalariga kirsangiz, chet el aktyori, qoʻshiqchisi, telediktori yoki sportchisining bir necha yuzlab rasmlarini devorlarga yopishtirib tashlaganiga koʻzingiz tushadi. Eng qizig‘i ular ana shu qahramonlarining rasmini (!) yaqin kishilaridan ham ustun qoʻyishadi (Birorta rasmni yirtsangiz, “Bu sendan qimmat turadi, nega yirtding!?” – deb oʻdag‘aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari och qolsa ham non olmasdan oʻzlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini olishadi. Ana shu qahramonlari uchun hech narsadan toymaydilar, hatto oʻzgalarga shikast etkazishdan ham.
Z
Zo'ravonlik
oʻravonlik – insonga yetkaziladigan har qanday jismoniy, ma’naviy, ruhiy, moddiy tazyiqlar.
Jumladan, oʻziga nisbatan tazyiq oʻtkazish ham zoʻravonlik sanaladi. Bunday holatlar keng avj olib bormoqda. Uning koʻrinishlari ham turlicha.
1. Xeppining;
2. Toʻda – toʻda boʻlib (bir yoki bir necha kishini) doʻpposlash;
3. Yoʻq joydan janjal qoʻzg‘ab, vahshiyona urishlar uyushtirish;
4
Heppining
. Oʻzidan zaif boʻlgan kishilarga kuch ishlatib, ularni biror bir nojoʻya xatti-harakatga undash yoki majburlash (yoki biror foydali xatti-harakat qilishdan qaytarib qolish) va boshqalar.
Heppining (vahshiyona «koʻngil ochish»lar). Bu kabi voqealar bizning yurtimizda deyarli kuzatilmaydi. Lekin “ommaviy madaniyat” mahsuli boʻlgan film va oʻyinlarning yurtimiz sarhadlariga yashirinib, sezdirmay kirib kelishi va ularning yosh avlod tomonidan qabul qilinishini mamlakatimizda ham heppining boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Ogoh boʻlaylik.
1. Jamiyat manfaatlarini mensimaslik.
2. Oʻz manfaatlari yoʻlida hech narsadan qaytmaslik va boshqalar manfaatidan uni ustun qoʻyish.
M
Dostları ilə paylaş: |
|
|