Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə46/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

«Dunyoqarash» tushunchasi oʻzlikni anglash, vatanparvarlik va milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘ular bilan uzviylikda shakllana boradi. Shunga koʻra oʻqituvchilar fan asoslarini oʻrgatar ekan, doimiy ravishda bilimlarning uzviyligiga rioya etishi kerak.
Jamiyat taraqqiyotida, xususan, barkamol shaxs tarbiyasida madaniyat katta ahamiyat kasb etadi. Chunki madaniyat insonnning iqtidori, salohiyati, qobiliyati va oʻzligini namoyon etib, uning bilimlari, koʻnikma va tajribalarini, ma’naviy salohiyatini amaliy faoliyati orqali kamol toptirishda asosiy rol oʻynaydi.
Shunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: «Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namoyandalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish yosh avlodni, hozirgi yoshlarimizni ma’naviy tarbiyalashning asosi boʻlmog‘i kerak», – deb ta’kidlagan edilar.30
Haqiqatan ham, madaniyat shaxs tarbiyasida muhim oʻrinni egallashi dunyo sivilizatsiyasi tajribasida oʻzini isbotlagan.
Ta’lim tizimida yoshlarning umummadaniy dunyoqarash tarkib topishi va bu jarayon jamiyatning faqat ilg‘or qatlami emas, balki butun xalqning madaniy kamoloti – ekologik, iqtisodiy, axborot va ijtimoiy muammolarni hal etishga bog‘liqligi hammaga ayon. Axolining umummadaniy saviyasi ishlab chiqarishning ham yuqori sifatiga kafolot beradi. Ayniqsa oliy ta’limning yuqori darajasi ham boʻlajak mutaxassislarni tayyorlash sifatiga ta’sir etadi. Oʻqitishda yoshlarning bilim olishga ishtiyoqini uyg‘otish, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, muammolarni hal etish qobiliyatiga ega boʻlish, ijodiy fikr yuritish, axborot texnologiyalarini qoʻllash yoʻllarini egallash, ekologik onglilik, jamiyatdagi oʻzgarishlarga tayyor turish, global tafakkur va kishilar bilan tolerantlik munosabatida boʻlish kabilar hozirgi texnologiyalashgan ijtimoiy muhitda oliy ta’lim muassasi talabalari egallashi lozim boʻlgan talablardir.
Zero, hozirgi mutaxassis oʻz faoliyati jarayonida ixtisosligini bir necha marta oʻzgartirishga va oʻzgarayotgan jamiyatga moslashishiga toʻg‘ri kelmoqda. Buning barchasi ishlab chiqarishning yangilanib turishi, axborotlarning oʻzgarib borishi, mutaxassis tayyorlashda ularni mehnat madaniyati bilan tanishtirib borish, axborot texnologiyalari bilan ishlashga oʻrgatish, ijodiy, ekologik va estetik rivojlanishini takomillashtirishi zarur. Bu borada har bir oliy ta’lim muassasida ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-matematikaga oid yoki badiiy-estetik yoʻnalishdagi, umuman, barcha oʻquv fanlarini oʻqitish orqali talabalarni ijodiy, madaniy muhitga kiritish, ularning intellektual qobiliyati va umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga yoʻnaltirish orqali fuqaro, va yetuk mutaxassis sifatida shakllanishiga ta’sir koʻrsatadi.
Shunday ekan, madaniyatning oʻzi nima? Uning mazmun-mohiyati nimalarda namoyon boʻladi?
Moddiy madaniyat moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usuli bilan bog‘liq boʻlib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi darajasi va ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri bilan belgilanishi moddiy boyliklarning barchasini qamrab olishi, jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur va foydali boʻlgan mahsulotlar, ularning taqsimlanishi, tarqalishi va hayotda qoʻllay bilish muammolari kiradi, deb tushuniladi.
“Ma’naviy madaniyat esa, siyosat, huquqiy va mafkuraviy, axloqiy, badiiy va diniy qarashlar bilan, ikkinchidan, ijtimoiy jarayonlarga rahbarlik qilish va boshqarishning shakl va usullarini ishlab chiqa bilish, rivojlantirish, ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qoʻllay bilishni ifodalaydi va moddiy madaniyatning ham asosida ma’naviy madaniyatning yotishi, ularning bir-biri bilan uzviy aloqasiga alohida urg‘u beradi”.31
Shaxsda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish jarayoni ham madaniyatga doir axborotlarni qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlab talabalarga yetkazishda ta’lim-tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Talabalarda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlariga asoslangan holda dastavval ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy loyihasi tuziladi, ta’lim-tarbiyani tashkil etishga boʻlgan ehtiyoj va maqsad, ta’lim mazmuni, shakl, metod, usullari va vositalari, bu borada oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyati belgilanadi hamda ta’lim natijasi aniqlanadi.
Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish texnologiyalari ham pedagogik texnologiyalarning oʻziga xos xususiyatlarini namoyon etadi:
1. Umummadaniy dunyoqarashni takomillashtirish, optimallashtirishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2. Uning didaktik hamda tarbiyaviy xarakteri, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tarzda tashkil etishda nazariy va amaliy bilimlarni oʻzlashtirishga xizmat qiladi.
3. Umummadaniy dunyoqarash uning mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayon sifatida namoyon boʻladi.
4. Pedagogik texnologiyalar umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi.
5.Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish texnologiyasiga va yagona, qat’iy, me’yoriy talablar qoʻyilmaydi.
6. Pedagogik texnologiyalar umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Umummadaniy dunyoqarash ham ilmiy dunyoqarash kabi bilimlarning e’tiqodga aylanishida tarkib topadi. Bu esa bilishga oid, axloqiy, estetik voqea-hodisalarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga rag‘bat uyg‘otish bilan paydo boʻladi. Shu bilan birga talabalar ijtimoiy-madaniy faoliyatga kirishishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarurdir. Bu borada «Madaniyatshunoslik» oʻquv fani atrof-olam, uning hodisalari, ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqa va munosabatlari haqida bilim berishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun ham «Madaniyatshunoslik asoslari» oʻquv kursi oʻrganilganda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish sohalari: ta’lim va tarbiya, fan, din, rasm-rusumlar, odatlar, an’analar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, Yoshlar ittifoqi faoliyati, ommaviy axborot vositalaridan foydalaniladi.
Ta’lim tizimida yoshlarning umummadaniy dunyoqarashining tarkib topishi va bu jarayon jamiyatning faqat ilg‘or qatlami emas, balki butun xalqning madaniy kamoloti - ekologik, iqtisodiy, axborot va ijtimoiy muammolarni hal etishga bog‘liqligi hammaga ayon.. Aholining umummadaniy saviyasi ishlab chiqarishning ham yuqori sifatiga kafolot beradi. Ayniqsa oliy ta’limning yuqori darajasi bo‘lajak mutaxassislarning ham sifat darajasiga ta’sir etadi. O‘qitishda yoshlarni bilim olishga ishtiyoqini uyg‘otish, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, muammolarni hal etish qobiliyatiga ega bo‘lish, ijodiy fikr yuritish, axborot texnologiyalarini egallab olish, ekologik onglilik, jamiyatdagi o‘zgarishlarga tayyor turish, global tafakkur va kishilar bilan tolerantlik munosabatlarida bo‘lish kabilar hozirgi texnologiyalashgan ijtimoiy muhitda oliy ta’lim muassasi talabalari egallashi lozim bo‘lgan talablardir.
Zero, hozirgi mutaxassis o‘z faoliyati jarayonida ixtisosligini bir necha marta o‘zgartirishga va o‘zgarayotgan jamiyatga moslashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Buning barchasi yoshlarning hozirgi davrda ishlab chiqarishning yangilanib turishi, axborotlarning o‘zgarib borishi, mutaxassis tayyorlashda ularni mehnat madaniyati bilan tanishtirib borish, axborot texnologiyalari bilan ishlashga o‘rgatish, ijodiy, ekologik va estetik rivojlanishini takomillashtirishi zarur. Bu borada har bir oliy ta’lim muassasida ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-matematikaga oid yoki badiiy-estetik yo‘nalishdagi fanlarni, umuman, barcha o‘quv fanlarini o‘qitish orqali talabalarni ijodiy, madaniy muhitga kiritish, ularning intellektual qobiliyati va umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirish orqali fuqarolik, oilaparvarlik, mutaxassis sifatida shakllanishiga ta’sir etadi.
Shunday ekan, madaniyatning o‘zi nima? Uning mazmun-mohiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
«Madaniyat» tushunchasiga turli faylasuf olimlar turlicha ta’rif berganlar. Lekin ularning barchasi ham uning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri ta’riflaganlar: masalan, E.Yusupov madaniyat – bu kishilar faoliyatining jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy va ma’naviy hayoti sohasida yaratgan, o‘zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqargan moddiy va ma’naviy boyliklar tizimidir, - deydi va gnoseologik nuqtai nazardan madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘ladi.
Moddiy madaniyat moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usuli bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi darajasi va ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri bilan belgilanishi moddiy boyliklarning barchasini qamrab olishi, jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur va foydali bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyati mahsullari, ularning jamiyat o‘rtasida tarqalishi, taqsimlanishi va yanada rivojlantirilishi, jamiyat hayotida qo‘llay bilish muammolari kiradi, deb tushuniladi.
Ma’naviy madaniyat esa, siyosat, huquqiy va mafkuraviy, axloqiy, badiiy va diniy qarashlar bilan, ikkinchidan, ijtimoiy jarayonlarga rahbarlik qilish va boshqarishning shakl va usullarini ishlab chiqa bilish, rivojlantirish, ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilishni ifodalaydi, - deydi va moddiy madaniyatning ham asosida ma’naviy madaniyatning yotishi, ularning bir-biri bilan uzviy aloqasiga alohida urg‘u beradi (151; 60).
«Falsafa» qomusiy lug‘atda esa («madaniyat» arabcha – madinalik, mohirlik, ta’lim-tarbiya ko‘rgan) – tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks etilgan inson faoliyatining o‘ziga xos usuli deb ta’rif berilgan. Bu o‘rinda biz «inson faoliyatining usuli» degan fikrga qo‘shilolmaymiz. Bizningcha, «inson faoliyatining mahsuli» - desa to‘g‘riroq bo‘lar edi. Lekin yuqoridagi ta’rif bilan birga, «Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichi, shu bilan birga insoniyatning o‘zi ham pirovard natijada madaniyat mahsulidir. Madaniy muhit qanday bo‘lsa, inson ham shunday shakllanadi. Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq madaniyatida avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar jamlangan. Ularni o‘zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli kishi bo‘lib yetishishi qiyin» - deyiladi.
Boshqa barcha lug‘atlarda va falsafaga doir darsliklarda esa madaniyat («cultura») atamasidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi, mumtoz lotin tilida madaniyat yerga parvarish qilish, ishlov berish ma’nosida ishlatib kelingan. Lekin meloddan avval yashab o‘tgan Rim notig‘i, mashhur faylasuf Siseron madaniyat atamasini aqlga ishlov berish ma’nosida ham ishlatganligi keltiriladi.
Keyinchalik madaniyat tushunchasi bilimdon, ma’rifatli, yuksak tarbiyali insonlarga nisbatan ishlatilgan.
Faylasuf olim J.Tulenov esa «Madaniyat ko‘p qirrali va chuqur mazmunga ega tushuncha bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilgan barcha moddiy va ma’naviy yutuqlarning majmuidir» - deb tushuntiradi. J.Tulenov ham moddiy ma’naviyatga ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari, mehnat ko‘nikmalarini hamda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklarni nazarda tutadi.
Ma’naviy madaniyatga esa ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya’ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, madaniyat muassasalari, maorif, ta’lim-tarbiya, o‘rta, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, fan, ommaviy axborot vositalari, san’at, xalq ma’naviy ijodiyotining barcha turlarini kiritiladi.
Ma’lumki, moddiy va ma’naviy madaniyat o‘zaro aloqada rivojlanadi. Moddiy boylikning biror turi ham insonning aql-idroki, tafakkursiz yaratilishi mumkin emas. O‘z navbatida inson ongida hech qanday fikr, qarashlar va tushunchalar ham o‘z-o‘zidan paydo bulmaydi. Ular moddiy boylik – tabiiy omillar, tashqi ta’sirlar natijasi, moddiy boyliklar mahsuli sifatida paydo bo‘ladi.
Madaniyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Eng qadimgi etnomadaniyat tizimida xalq donishmandligi, xalq falsafasi, xalq e’tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o‘yinlari, dam olish madaniyati, xalq pazandaligi, xalq ommaviy san’ati, xalq tabobati, xalq turmush madaniyati kabi ko‘plab sohalarni ko‘rsatish mumkin. Tizimda ajdodlarimizning dunyoqarashi, tushunchalari o‘z aksini topgan. Ayniqsa, xalq donishmandligida xalqning g‘oyalari, fikrlari, bilim va dunyoqarashi ifodalangan. Mavsumiy dam olish an’analari «Erkaklar uyi», «Otashxona», «Iydgoha», «Madaniy bog‘lar», «Tarobxona», «Tomoshagoh», «Saylgoh», «O‘yingoh», «Gul sayli», «Suv sayli», «Tog‘ sayli», «Bog‘ sayli», «Gap gashtak», «Choyxona» kabilar tarzida avlodlarga o‘tib kelgan. Xalq og‘zaki ijodining askiya, doston, mushoira, lof, kulgi-hikoya, asotir, afsona, ertak, latifa; musiqa ijodidan yalla, yor-yor, alyor, terma va boshqalar; xalq teatr tomosha janrining masxaraboz, qiziqchi, dorboz, xalq ommaviy san’ati, tabiat bilan bog‘liq namunalari yosh avlod badiiy tafakkuri, estetik qarashlarini taraqqiy ettirish bilan birga ijtimoiy hayotning barcha sohalarida xalqning ijtimoiy-madaniy sohalaridagi faolligini oshirgan.
O‘rta asr madaniyatining buyuk mutaffakkirlari al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ulug‘bek, Alisher Navoiylarning merosi jahon madaniyatining ravnaqiga qo‘shilgan muhim hissadir.
O‘zbek xalqi o‘z tafakkuri, qobiliyati, iste’dodi, O‘rta Osiyo ilm-fani, adabiyoti, san’ati, axloq-odobi bilan jamiyat madaniyatini yanada rivojlantiradi. Musiqa san’ati ham o‘zbek xalqining turmushiga singib ketgan, uning his-tuyg‘ulari, fikrlari, o‘y-hayollarini o‘ziga xos tarzda ifodalaydigan madaniyat sohasidir. U insonni ruhan tetik, bardam bo‘lishiga, ona Vatanni sevishga, vafo va sadoqatga yo‘llashida tengsiz bir qadriyatdir.
Tarix esa madaniyatning yorqin ko‘zgusi bo‘lib, unda xalq yaratgan ma’naviy meros, xalq bunyod etgan obidalar, osari atiqalar o‘z aksini topgan. O‘zbek xalqining buyuk allomalari, jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlari, tarixshunoslari, tarixni, madaniyatni rivojlantirgan va hozir ham rivojlantirib kelmoqda.
Milliy til, milliy ongning shakllanishiga milliy madaniyat, katta imkoniyat yaratdi.
Madaniyatning barcha tarkibiy qismlari va uning ijtimoiy vazifalaridan kelib chiqqan holda uning pedagogik jihatlari quyidagilardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi:
1. Bilishga doir. Insonning o‘z faoliyati jarayonida narsa va hodisalarni bilish va o‘zlashtirish jarayonida to‘plangan tajribalari.
2. Axborot uzatish, ya’ni bir avloddan ikkinchi avlodga ijtimoiy tajribani yetkazish.
3. Muloqotga doir vazifasi. Moddiy va ma’naviy ma’lumotlarni qabul qilish bilan o‘tmish avlodlarning turmushi, didi, madaniy darajasi bilan muloqotda bo‘lib, ulardan xabardor bo‘lish.
4. Insonning axloq-odobi, xatti-harakatini baholash va tartibga keltirish.
5. Insonning fazilatlarini shakllantiradigan gumanistik, insonparvarlik vazifalari.
Yuqoridagi vazifalarning barchasi pedagogik jihatdan muhimligini qayd etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda madaniyatning tarkibiy qismlarini quyidagilarga ajratish mumkin.
Bilishga oid madaniyat, huquqiy madaniyat, siyosiy madaniyat, axloqiy madaniyat, estetik madaniyat, turmush madaniyati, iqtisodiy madaniyat, ekologik madaniyat (1-rasm).
Bularning barchasi umummadaniyatni tashkil etib, hozirgi davrda har bir insonda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etadi.
Dunyoqarash – insonning tevarak-atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə