Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə45/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Dunyoqarash olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdan iboratdir. Shu ma’noda dunyoqarash har qanday ijtimoiy-tarixiy mohiyat kasb etib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Shunday ekan, inson ongining tabiat va jamiyatga munosabati natijasida qarashlari, e’tiqodi, ideali asosida paydo boʻlgan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-estetik va xulqini ifodalovchi bilimlar tizimi uning dunyoqarashidir.
Dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi. Uning shakllanishida his – tuyg‘u, aql-drok va tafakkur muhim oʻrin tutadi. Dunyoqarash kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog‘liq boʻlib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va boshqalar aks etadi. Dunyoqarash murakkab tuzilmaga ega. Olimlar uni muayyan bilimlar, g‘oya va maqsadlar, fan yutuqlariga, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch va e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlarga ajratadilar.
Buni quyidagi rasmda koʻrish mumkin:
Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda e’tiqod muhim ahamiyatga ega. E’tiqod insonning oʻz qarashlari va g‘oyalarining toʻg‘riligiga, orzu-umidlarining asosliligiga, xatti-harakatlarining umumiy maqsad va talablarga mosligiga chuqur ishonchi asosida paydo boʻladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, shaxsni samarali faoliyatga yoʻllaydi. Ayniqsa, hissiyot va aql dunyoqarash tarkibida muhim ahamiyatga ega. Madaniy dunyoqarashda hissiyot emotsional-ruhiy jihatdan muhim boʻlsa, dunyoqarashning aqliy jihati esa dunyoni tushunishdadir.
Hissiyot asosida quvonch, shodlik, zavqlanish, hayotdan va kasb-koridan mamnunlik, hayratlanish yoki norozilik, xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g‘am-g‘ussa, nadomat, Vatani va eng yaqin odamlari taqdiriga befarq boʻlmaslik kabi shakllarda namoyon boʻladi. Dunyoni his etish muayyan dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratadi. Har bir kishida hissiyot, fikr, bilim, e’tiqod, intilish, orzu – umid, qadriyatlar dunyoqarash tarkibida birlashib, olamni bir butun, yaxlit holda tasavvur ettiradi. Bilim ma’lum bir hodisa yoki narsani baholashda dunyoqarashga aylanadi. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari – axloqiy dunyoqarashda; siyosiy, diniy munosabatlari huquqiy va diniy dunyoqarashda; ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarashda; madaniy munosabatlari madaniy dunyoqarashda ifodalanadi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə