Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə53/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Didaktikaning maqsadi – shu funksional aloqadorlikning mavjudligi ta’lim-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatidan kelib chiqqanligini isbotlash va ularni bir-biriga mutanosib ravishda taraqqiy ettirishdir.
Bu degani ta’lim-tarbiya jarayonida qatnashuvchi biron – bir elementi oʻzgarsa, uning boshqa qismlarining ham shunga moslashtirish zarur ekanini isbotlab berishdir. Masalan, ta’lim-tarbiya jarayoni kechadigan sinf yoki auditoriyadagi pedagog oʻzgarsa, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantiruvchi oʻqitishni usul va uslublari, texnik vositalardan foydalanish usullari ham oʻzgarishi mumkin. Yoki, oʻqitishning dasturi oʻzgarsa, darslik va boshqa didaktik materiallar hamda oʻqituvchi oʻzini va dars berish usullarini bir oz boʻlsa – da oʻzgartirishga majbur. Chunki ular oʻzaro funksional bog‘liqdir. Didaktikaning maqsadi mana shu oʻzgarishlarni asoslab, ta’lim-tarbiya jarayonining muayyan qonuniyatlar asosida kechishini nazariy tomonidan asoslab berishdan iboratdir.
Didaktika oʻz tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviy tadqiqot usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, oʻquv–uslubiy hujjatlarni oʻrganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar, maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birgalikda, didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi – majmuaviy yondoshuv, grafoanalitik, matematik modellashtirish, sotsiologik tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi.
Yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonida didaktika fanining vazifalari:
Birinchi vazifasi – bilim egallash va ularni koʻnikma va malakaga aylantirish qonuniyatlarini aniqlab berish. Bu borada didaktika ancha yutuqlarga erishgan boʻlib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning quyidagi qonuniyatlarini, ya’ni tamoyillarini aniqlagan. Bularga: bilimni uzatishda ilmiy asoslab berish, ta’lim oluvchilar imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish, koʻrgazmalilik, muntazamlik, ta’lim va amaliyot birligi, onglilik va faollik, tizimlik va izchillik, ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyillari kiradi. Bularkeyingi oʻrinlardalarida batafsil yoritiladi.
Ikkinchi vazifasi ta’lim mazmunining tuzilishi va hajmini belgilash.
Uchinchi vazifasita’lim-tarbiya berishning shakllari va usullarini takomillashtirish.
Toʻrtinchi vazifasi yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonining oʻquvchi va talabalarning tarbiyalanganlik holatiga ijobiy ta’sirni ta’minlash.
Beshinchi vazifasiinsoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan – texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirish va hokazo.
Demak, ta’limning asosiy vazifalaridan biri shaxsni ilmiy bilimlar, koʻnikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, koʻnikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda qobiliyatlarini oʻstirishdir.
Ta’lim asosida yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali toʻplangan bilimlar beriladi, zaruriy koʻnikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllantiriladi. Ta’lim oʻqituvchi va oʻquvchi-talabalarning birgalikdagi faoliyati boʻlib, u ikki tomonlama xarakterga ega. Unda ikki tomon– oʻqituvchi va oʻquvchi-talaba faol ishtirok etadi. Oʻqituvchi aniq maqsadni koʻzlab, reja va dastur asosida bilim, koʻnikma va malakalarni singdiradi, oʻquvchi-talabalar esa uni faol oʻzlashtirib oladi.
Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, xotira, xayol, diqqat, tasavvur, tafakkur va nutq kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol oʻynaydi. Ta’lim yoshlarga bilim berish, ularda koʻnikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga qodir boʻlgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini oʻrganish, uning turli jihatlari oʻrtasidagi bog‘liqliklar, mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
Oʻzlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yoʻnaltirish, jamiyat tomonidan qoʻyilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qoʻllash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy – me’yoriy hamda tashkiliy – texnologik vazifani bajaradi.
Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim jarayoni)ning quyidagi uchta funksiyasini ajratib koʻrsatadi: t
1.Ta’lim jarayonining ta’lim berish funksiyasi–o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
a’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.

Ta’lim natijasi sifatida bilimlarning toʻlaligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan toʻg‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchilarda ular tomonidan oʻzlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy koʻnikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Umumiy koʻnikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, oʻqish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishni tashkil etish kabilar kiradi.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə