Umumiy pedagogika


Didaktika-ta’lim nazariyasi, predmeti va vazifalari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə52/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Didaktika-ta’lim nazariyasi, predmeti va vazifalari
Pedagog – olimlar yillar davomida “Nega oʻqitamiz?”, “Nimani oʻqitamiz?”, “Qanday oʻqitamiz?”, “Qayerda oʻqitamiz?” kabi savollarga javob izladilar. Didaktika boʻlimi bu kabi savollarga javob beradi.
Men oʻz hamkasblarimga qarata oʻzida “Qanday oʻqitish” kabi savollarga javob topish imkoniyatiga ega boʻlgan qoʻllanmalar avval ham, hozir ham ta’lim jarayonida asosiy ustun boʻlib kelgan va talabalar, izlanuvchilarga amaliy maslahat koʻrsata olgan deb ayta olaman33.
P

Didaktikaning rivojlanish tarixi:
Didaktika so‘zi ilk bor nemis pedagogi Volfgan Ratke (Ratixiya) (1571 – 1635) asarlarida o‘qitish san’ati sifatida ifodalanadi. Didaktikaning asosiy ilmiy ishlanmasini birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiy amalga oshirgan. U 1632 yilda chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozadi, 1633 – 1638 yillarda asarni lotin tiliga tarjima qiladi va 1657 yilda Amsterdamda nashr qilinadi. Didaktika tushunchasini Y.A. Komenskiy: “Hammani barcha narsaga o‘qitishning universal san’ati” shaklida ifodaladi.


edagoglar fikricha, ta’lim barcha davrlarda ham ijtimoiy hodisa sanaladi. Ta’lim shaxs tomonidan ijtimoiy tajribalarning oʻzlashtirilish jarayonini tezlashtiradi, uni zarur koʻnikma va malakalar bilan qurollantiradi.




Yan Amos Komenskiy
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni oʻqitish va tarbiyalashga e’tiborni qaratadi. Shu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu mavzuda shaxs tomonidan ijtimoiy tajriba oʻz ichiga bilimlar, amaliy koʻnikmalar va mahoratni hamda ijodiy faoliyat usullarini olishi muhim jihat ekanligi koʻrsatilgan. Koʻrsatilgan ushbu vazifa oʻqitish jarayonida hal qilinadi.
Didaktikaning ta’lim nazariyasi sifatidagi taraqqiyoti. Didaktika – pedagogikaning ta’lim, bilim berish jarayoni va oʻqitish nazariyasini umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi mustaqil boʻlimi hisoblanadi. Didaktika yunoncha “didasko” soʻzidan olingan boʻlib, “oʻqitish”, “oʻrgatish” ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini oʻrganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vazifalari, oʻqitish prinsiplari shakllari haqidagi bilimlar bayon etiladi.
Didaktika-ta’lim nazariyasi. Didaktika – bilim berish nazariyasi. Aniqrog‘i, ta’lim – tarbiya beruvchilar va ularni oluvchilar orasidagi pedagogik munosabatlarning kechish qonuniyatlarini aniqlovchi va shu sohada qoʻllaniladigan tushuncha, atama va qoidalarni ilmiy asoslab beruvchi hamda ularni boshqalarga oʻrgatuvchi pedagogik ilm-fan tarmog‘idir. Ta’lim – insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni oʻquvchi-talabalar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilimga ega boʻlishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir.
Didaktikaning predmeti, vazifasi va funksiyalari Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha “didaktikos” – “oʻrgatuvchi”, “didasko” – “oʻrganuvchi”) – ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, oʻquvchi-oʻqituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yoʻllari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini oʻtaydi.
S
Didaktika (ta’lim nazariyasi)ning predmeti o‘qitish (o‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (o‘quvchi yoki talabaning o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi jihatlarini o‘rganishdan iborat.

hunday ekan, didaktikaning tadqiqot ob
yekti, predmeti, maqsadi va ilmiy-tadqiqot metodlari nimadan iborat, degan savollarga javob topish mumkin.
Didaktikaning ilmiy tadqiqot obyekti – uzluksiz ta’lim va tarbiya jarayonidir. Didaktikaning ilmiy tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi “ta’lim-tarbiya oluvchi”, “ta’lim-tarbiya beruvchi”, “oʻquv dasturi, darslik va boshqa didaktik materiallar”, “oʻqitishning usul va uslublari” hamda “oʻqitishning texnik vositalari” orasidagi funksional aloqadorlikdan iboratdir.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə